Maʼnaviy immunitetni shakllantirishda 5 ta muhim tashabbusning oʻrni
Maʼnaviy immunitetni shakllantirishda
5 ta muhim tashabbu s ning oʻrni
Toshkent viloyati, Zanggiota tumanidagi 6-maktabida kuni kecha “Maʼnaviy immunitetni shakllantirishda 5 ta muhim tashabbusning oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminardan koʻzlangan asosiy maqsad maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oʻquvchilar orasida jinoyatchilikning oldini olish va oʻgʻil-qizlarimiz ongi, ruhiyatini turli yot oqimlar taʼsiridan himoya qilashdan iboratdir.
Tadbirda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari oʻzlarining koʻrgazmali va ijodiy ishlari bilan ham qatnashdilar. Masalan, 7-sinf oʻquvchisi Ozodbek Hoshimov robotatexnika sohasi boʻyicha tayyorlagan ishlari va bu tajribani tengdoshlari oʻrtasida ham targʻib qilish maqsadida onlayn dars jarayonlari ham tashkil etildi. 9-sinf oʻquvchisi Sobitjonova Fozila esa qoldiq matolardan roʻzgʻor uchun foydali buyumlar toʻqish boʻyicha oʻz tajribalarini tengdoshlariga oʻrtoqlashdi. 9-sinf oʻquvchisi Nosir Shokirov esa maktabdan boʻsh vaqtlarida sartaroshlik hunarini ham oʻrganmoqda. Hamda u “Bir kun maktab uchun” shiori ostida tengdoshlarining sochlarini tartibga keltirdi. Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Mavluda Rasulova muntazam ravishda tumandagi boshqa maktablarning taʼlim –tarbiya yoʻnalishi bilan bogʻliq ilgʻor tashabuslarini oʻzaro tajriba almashib keladilar. Bundan tashqari maktabdagi sport, toʻquvchilik, rassomchilik va musiqa toʻgaraklari ham faoliyat yuritib kelmoqda, ularning ishlari ham bugub namoyish etildi.
Nodira ABDRIMOVA,
Ona tili va adabiyot oʻqituvchisi