Maktab o‘quvchisining sifatli ta’lim, tarbiya olishida to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan.
Ma’lumki maktab davri asosan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh davrini o‘z ichiga oladi. Bu yosh davri bola organizmi uchun ham jismonan, ham ruhan o‘sish, aqliy rivojlanish davri hisoblanadi. Aynan shu davrda to‘g‘ri va vaqtida ovqatlanish, bolaning har tomonlama rivojlanishi omili hisoblanadi...
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom ovqatlanish va bolaning impulsiv hatti-harakatlarini o‘rganish va boshqarish qobiliyati o‘rtasida to‘gridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Bola istemol qilayotgan oziq ovqatlar tarkibiga oqsil va minerallar, vitaminlarning yetishmasligi, ularda kognitiv va idrok rivojlanishning pasayishiga sabab bo‘ladi. (Kognitiv so‘zi inglizcha (lotin) “cognize” so‘zidan olingan bo‘lib, u bilmoq, anglamoq, tushunmoq va fikrlamoq yoki “cognition”– bilish, tushinish kabi ma’nolarni beradi) Aynan shu o‘quvchining xulq-atvoriga ham o‘z ta'sirini o‘tkazadi .
AQSH Pediatriya Akademiyasi ( The American Academy of Pediatrics ) va Garvard maktablari sog‘liqni saqlash markazlari, o‘quvchilarga tushlik uchun, boshlang‘ich sinflarda kamida 20, yuqori sinf o‘quvchilari uchun 30 daqiqa vaqt ajratishni tavsiya qilishadi. Shunisi ahamiyatliki, bu vaqt faqat o‘tirib ovqatlanish uchun 20 daqiqani anglatadi. Sinfdan maktab oshxonasiga borish, navbat kutish vaqtlari , bundan mustasno.