Maktabda tanlov
#Maktabda
Yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali ularning ma'naviy-siyosiy ongini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi hamkorligida maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ''Yosh kitobxon" tanlovi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan 294-IDUMda ham "Yosh kitobxon" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Dono Boboxonova va taniqli, iste'dodli aktrisa Go‘zal Payziyeva ishtirok etishdi.
O‘quvchilarning bilimi va iqtidori, berilgan savollarga to‘g‘ri javoblari hay'at a'zolari tomonidan baholandi va g‘oliblar aniqlandi.