Maktabdagi tayyorgarlik
Jarayon
Maktabdagi tayyorgarlik
Yangi o‘quv yili arafasida maktabimizda ish gavjum. Sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari va ota-onalar hamkorligida yangi g‘oyalar muhokama etilib, tayyorarlik ko‘rilmoqda. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fero‘za Hamraqulovaning aytishicha, 840 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu zamonaviy maktabda o‘quvchilar ikki smenada mashg‘ulot o‘tishadi. Hozirgi kunda 1150 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olishmoqda.
Xalqaro jurnal va konferensiyalarda yosh o‘qituvchilardan Shahboz Qarshiyevning maqolalari muntazam chop qilinib kelmoqda. Oliy toifali o‘qituvchilar fan mashg‘ulotlari hamda to‘garaklar uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqishmoqda.
Gulbahor XALIQULOVA,
Pastdarg‘om tumanidagi 27-maktab direktori