Maktabga tashrif
Maktabga tashrif
Uch kundirki, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov vodiy viloyatlari maktablarida. Vazir Andijon viloyatida ham bo‘lib, maktablardagi ta’lim jarayonlari, yutuq va muammolari bilan tanishdi. Ustozlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdi.
Baxtiyor Saidov 29-aprel kuni Asaka tumanidagi 34-IDUM(sobiq 58-maktabi)ga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining boshlig‘i Azizbek Mirkamilov bilan birga tashrif buyurdi.
Maktab ikki smenali bo‘lib, unda 1 897 nafar o‘quvchiga 97 nafar pedagog bilim beradi. Pedagoglarning 88 nafari oliy ma’lumotli, ulardan 15 nafari oliy, 19 nafari 1-toifali, 27 nafari 2-toifali muallimlar hisoblanadi.
Maktabda Respublika Dzyudo Federatsiyasi va Xalq Ta’limi Vazirligi hamkorligida 2 mlrd 800 yuz mln. so‘m mablag‘ hisobiga qad ko‘targan viloyatda yagona bo‘lgan, zamonaviy sport majmuasining ochilishi marosimi bo‘ldi. Unda XTB vaziri Baxtiyor Saidov va viloyat Dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Kamilovlar qatnashdi.
Maktab qoshida tashkil etilgan musiqa to‘garaklar ishi bilan tanishishdi, mumtoz kuy tinglashdi. Tadbir so‘ngida chempion o‘quvchilarga, olimpiada g‘oliblariga, ko‘rik-tanlovda natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga vazirlikning serifikatlari, qimmatbaho sovg‘alarini topshirildi.
34-IDUM o‘quvchilaridan Mahbuba Alisherova, Gulhayo Gʻiyosova, Rahnamo Gʻanijonova, Malika Bozorboyeva, Bibimaryam Turg‘unova, Muslima Ismoilova, So‘g‘diyona Ahmadjonova, Muattaroy Rahimberdiyevalar “ICT4 Girls Digital Camp” loyihasida qatnashdi. Ular joriy yilning 23–26-mart kunlarida Bo‘stonliq tumanidagi “Charos” oromgohida tashkil etilgan treninglarda faol qatnashib kelishdi. U yerda jahonga mashhur bo‘lgan dasturchilar bilan muloqot qildilar.
Bu iqtidor egalari Vazirlikning maxsus diplom va noutbuklar bilan taqdirlanishdi.
Abdurashid ERGASHEV,
viloyat jurnalistlari uyushmasi a’zosi