«Maqsadim yo‘lida doim harakatdaman»
«Ma qsadim yo‘lida doim harakatdaman »
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ijodiy- madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etildi. Maktabda ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining asosiy vazifasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli o‘quvchi –yoshlarni ijodiy qobiliyatlarini aniqlash, ularni ro‘yobga chiqarish hamda yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Mazkur lavozim joriy etilgandan keyin umumta’lim maktablarida yangicha muhit, ijodkorlik nafasi kirib keldi. Kitobxonlik to‘garaklari shakillandi, tasviriy sa’at, musiqa, teatr, aktyorlik, jurnalistika sohalariga nisbatan o‘quvchilarda qiziqishiortdi. Demak, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish va ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilgani bejizga emas ekan.
Men Ernazarova Feruza Mazmudovna Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi vazifasida ishlab kelmoqdaman. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Men shu tashabbusning to‘rtinchi tashabbus g‘oyasini ilgari surmoqchiman. To‘rtinchi tashabbusda ko‘satilgandek yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida ta’lim oflayn shakliga o‘tgandan so‘ng muassasa qoshida ochilgan “Yosh kitobxonlar” to‘garagiga yanada ko‘proq o‘quvchilarni jalb qilish, o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan mehrini orttirish maqsadida har xil tadbirlar, badiiy kechalar, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini tashkil etishni, o‘quvchilarni shoirlar uy muzeyiga, tarixiy muzeylarga olib borishni, she’riyatga, adabiyotga qiziqishi bor o‘zlari she’r yozadigan o‘quvchilarning she’rlarini jamlab she’riy to‘plam kitoblarini chiqarishni rejalashtirdim.
Vazifamdan kelib chiqqan holda muassasada iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va ularning qobiliyatlarini ommaga namoyon etishda yordam berish, rivojlantirish, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman va bu maqsadlarim yo‘lida faqat olg‘a intilaman.
Mening bu vazifamda faoliyat olib borishimga muassasada ko‘rsatilayotgan shart- sharoitlardan maktab rahbari, ma’muriyati va jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Ijodiy madaniy masalalr bo‘yicha targ‘ibotchi:
Ernazarova Feruza Mazmudovna.