Mas`uliyat hissiyotini shakllantirish omillari
Mashg`ulotlarda sifatli ta`lim turkumini tashkillashtirish uchun o`qituvchida mas`uliyat hissiyotini shakllantirish omillari
Hammami z ga ma`lumki, 2o21-2022-o`quv yilining birinchi choragi ham umumiy o`rta ta`lim maktab jamoalarida yakunlandi. Bunda kimdir islohotlarga tayangan holda ta`lim-tarbiya sifatini oshirishga poydevor yaratgan bo`lsa, kimdir hali odatiy tusdagi uyquda. Maktabda sog`lom turmush tarzini qaror toptirmay, ilm-fan va innovatsiya qirralarini taraqqiy ettirmay turib, qudratli mustaqillik g`0yalarini ko`ngildagidek amalga oshirolmaymiz. Barkamol sog`lom yosh avlodni jismonan va ma`nan aql-ongi, ishtiyoqini turli yo`llar bilan fanni o`zlashtirishga harakat qilgandagina bolalarning iqtidor va salohiyati takomillashib, yuqori texnologiya hamda bilimlarni chuqur o`zlashtirishga erishadilar. Bugungi kunda ustoz murg`ak qalbiga yaqindan yondoshib, uning shaxsini hurmat qilishi, bugungi va kelajakdagi manfaati yo`lidagi ehtiyoji hamda muntazam rivojlanishini bolajon O`zbekiston fuqarosi sifatida dinamik rivojlanish darajasini muntazam ravishda hisobga olib, tinmay hissiy qulayliklar yaratishga g`amxo`rlik qilish, erkin ijodiy muhitni yaratish – davr talabi. Bugungi kunda ’’Yangi O`zbekiston’’ degan tushuncha real voqelikka aylandi. Shu ijtimoiy-siyosiy jarayonning tashabbuskori va markazida turgan islohotchi va rahbari Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevdir. E`tirof etish kerakki, o`z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o`z oldiga qo`ygan xalqimiz mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tmoqda. Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o`zbek xalqi jonajon Vatanimiz mustaqillik yillarida joylarda keng ko`lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini shiddat bilan olib bordi. Poytaxtimizda faxr qilsa arzigulik 100 gektardan ziyod ulkan hududda ’’Yangi O`zbekiston’’ bogi hamda betakror ’’Mustaqqillik’’ majmuasi bunyod etild. Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo`lida tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqilib, muhokamalardan keyin qabul qilindi. Natijada Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egalladi. Sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligini himoyalash uchun Qurolli Kuchlar tashkil etildi, milliy valyutamiz – so`m joriy qilindi. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma`naviy uyg`onish jarayonlari milliy o`zlikni anglashga olib keladi va mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradi. Qadimda mamlakatimiz ikki buyuk uyo`onish davrini boshdan kechirgan ekan, hozirgi vaqtda bu yurt yana bir muhim Uyo`onish poydevori jarayonini boshdan kechirmoqda. Bunda O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarning avj olishi, gullab yashnashiga keng imkoniyatlar jadal vujudga kelishi sabab, barcha sohada amaliy yutuqlar qo`lga kiritilayotganligi ona yurtimizni pog`ona-pog`ona kun sayin rivojlanib borayotgan mamlakatga aylantirib bormoqda. Vaqt o`tishi bilan esa islohot jarayonlari tobora kengayib bormoqda. Bu omil hartomonlama muhim zaruratdir. Bugungi kunda yoshlar xalqimizning asosiy tayanch va suyanchidir. Hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, san`at va sport sohadagi iste`dod hamda salohiyatlarini yuzaga chiqarish, shuningdek ularning jamiyatdagi faol ishtirokida barcha ustuvor sharoitlar yaratilmoqda. Buyuk allomalarimiz ilm-fan sohasida kashfiyotlarni amalga oshirib, umumbashariy tafakkur rivojiga beqiyos hissa qo`shganlari butun dunyoga sir emas! Shu an`analarni davom ettirib, yurtimizda yangi Xorazmiylar, Farg`oniylar, Beruniylar, ibn Sinolar, Mirzo Ulug`beklar, Navoiylarni tarbiyalab yetkazish butun ustozlaru xalqimiz zimmasida... Ana shu tamoyil yurtimizda’’Yangi O`zbekiston’’ maktab ostonasidan boshlanishini taqozo etadi. Shu boisdan hududlarda Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko`payib bormoqda. Bu degani, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta`lim sohasida mamlakatimizda yangi davr ochib berdilar. Demak, butun yurtimiz bo`ylab barcha ta`lim dargohlarida “Besh muhim tashabbus” dasturi, ’’Barkamol avlod” markazlari’’ va maktablarda yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish uchun to`garaklar tashkil qilindi va bu holat davom etmoqda. Ha, endilikda kelajak avlod taqdiri bilan o`ynash, o`zini mas`uliyatli ustoz bilgan o`qituvchi uchun noloyiq. Buning uchun davlatimiz o`z istiqbol rejasida o`qituvchilarga ma`naviy-iqtisodiy ta`minotni ko`zda tutgan ekan, shaxsiy manfaat va boshqa samarasiz ishlar bilan kamroq shug`ullanib, o`quvchilar bilan ko`proq shug`ullansalargina ko`zlangan istiqbolli maqsadga erishish mumkin. Bo`lmasa quruq gap-so`z va ortiqcha harakatlar zoye ketadi. Agar ta`lim bilan tarbiya uyg`un holatda olib borilmasa, go`sht suyaksiz bo`lmaganidek, tarbiyasi og`ir, ota-ona nazoratidan chetda qolib ketayotgan, loqayd o`quvchilar kelajagi ko`ngildagidek bo`lmaydi. Buning uchun zinhor ’’Maktab – oila – mahalla’’ hamkorligini yo`lga qo`yish yaxshi natija beradi. Oilada ota-onaning obro`si – milliy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Ahli baytda sog`lom muhitdagi ota-onaning o`rni muhim o`rin tutadi. Buning uchun ota-onalar farzandlari oldidagi o`z burch-vazifalarini to`laqonli anglab yetmoqlari zarur. Albatta bunga milliy qadriyatlarga amal qilib, inson kamoloti ota-onaning bir-biriga hurmati, farzandlariga bir xil talab qo`yishi, shaxsiy ibrati, oila farovonligi, ota-ona va farzand o`rtasidagi ustuvor ma`naviy-huquqiy muvozanatga asoslanadi. Bolaning kun tartibi, sutkalik rejimi aniq belgilangan bo`lishi, bekorchilik, telefon o`ynash, internetga kirish, nomaqbul ko`ngilochar qiliqlar bilan shug`ullanish xunuk oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun ham tarbiyada tanaffus bo`lmaydi! Xususan yuqori sinflardagi shogirdlarimizning tarbiyasiga jiddiy e`tibor qaratishimiz kerak. Chunki yoshlar mamlakat taraqqiyotiga nafaqat davlatning mehnat resursi, balki istiqbolini ta`minlashning qudratli kuchidir. Davlatimiz o`tgan o`ttiz yil davomida yoshlar ehtiyojlarini davlat siyosatidagi eng ustuvor vazifalardan biriga aylantirdi. Ularning tarbiya olishi, ish bilan ta`minlanishi va intellektual jihatdan o`sib-ulg`ayishiga katta e`tibor qaratdi va qaratilmoqda. Bu tub o`zgarishlar yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni kun tartibiga qo`ymoqda. Yoshlar o`zlarining tabiati, mentaliteti jihatidan innovatsiyaga moyil. Bizning maktabimizda o`tgan o`quv yilidan buyon maktab psixologi Dilshoda ----rahbarligida “O`quvchilar ta`lim-tarbiyasida konsiliumdan foydalanish komissiyasi” joriy etildi. Chunki ayrim fan o`qituvchilari, sinf rahbarlari va, xususan, ota-onalarning mas`uliyatsizlik bilan o`quvchini muntazam ravishda nazorat qilmasliklari, o`z holiga, ixtiyoriga tashlab qo`yganlari oqibatida ular ba`zan darslarni qoldirishga, maktab, jamoat joylariga xalq va davlat mulkiga ziyon etkazishga, ekologiyaning buzilishiga, kattalar ko`zini shamg`alat qilib urinayotganligi hech kimga sir emas. Bir qism ota-onalar ishsizlik bahonasida mavqelari tijoratchiliklari sabab sustlashganligi, eng yomoni tashqi migratsiyadaligi uchun bolalar nojo`ya ishlar bilan shug`ullanmoqdalar. Konsilium tarkibidagi maktab rahbari yoxud ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, mahalla qo`mitasining raisi, ota-onalar qo`mitasining raisi, yoshlar yetakchisi bunday holatlarning oldini o`z vaqtida olishga muyassar bo`ladilar. Hozir ichki ishlar bo`limi tomonidan psixolog-o`smirlar nozirining maktablarga biriktirilishi nur ustida a`lo nur bo`ldi. Bu komissiyaning faoliyati o`quvchilar ta`lim-tarbiyasidagi nuqsonlarni korreksiyalashda muhim o`rin tutadi. Prezidentimizning 2020-yilning 6 noyabrdagi ’’O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida’’gi qaroriga asosan ta`limning yana bir e`tiborli tomoni mutolaa madaniyatini oyma-oy oshirib borishdan iborat. Buning uchun yoshlarni kitobxonlik orqali jamiyatning faol a`zosiga aylantirish uchun qulay va nazoratli imkoniyatlar yaratish lozim. Bugungi kunda 4-7-sinf o`quvchilarida kitob mutolaasi qoniqarli, ammo yuqori sinflarda ham ana shunday vaziyat deyolmaymiz. Shuni uqib olishimiz kerakki, kitob o`qishdan oladigan ma`naviy ozuqani kishi aslo internet saytidan ololmaydi. O`quvchilarning barkamol shaxs bo`lib ulg`ayishida boshlang`ich ta`lim tayanch hisoblanadi. Yosh avlod yashashidagi o`rni va hayotini inobatga olgan holda maktabning ilg`or boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari Gulnoza Mansurova (2-’’B”), Mahbuba Qodirova (3-“A”), Shahnoza Boltayeva (4-“B”)lar o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, o`z burchini his etadigan barkamol shaxslarni tarbiyalashmoqda. Bu ustozlar o`zlarining darslarida yangicha yondashib, zamonaviy interfaol usullardan foydalanishi va o`quvchilarning mustaqil fikrlashini ta`minlaydilar. Bunda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”, “Baliq ovi” usullaridan ko`pincha foydalanmoqdalar. Bu holatlar bolalarni sezgir, bilimdon, zukko etadi. Yozuv taxtasida to`g`ri javoblar ball bilan belgilanadi. Sentabr oyi boshlang`ich sinf o`qituvchilarining oyligi bo`lganligi uchun sayohat darslari, ertak kitoblar taqdimoti, she`rxonlik tanlovlari bo`lib o`tdi. Bugungi kunda ta`lim muassasasida o`quv jarayonini zamonaviy metodlar asosida tashkil etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Bu xususan o`quvchilar savodxonligini oshirishga qaratilgan ona tili darslarida ahamiyati yuksak. O`qituvchi Nargiza Norqulova mashg`ulotlarni interfaol metodlar orqali o`tganda o`quvchilarda quyidagi xususiyatlar shakllanmoqda: a)o`quvchi o`qitilmaydi, aksincha mustaqil o`qish, o`rganish, faol ishlashga o`rgatadi. O`quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o`zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o`rganmoqdalar; b)o`quvchilarda bilimlar tayyor holda berilmasdan, darslik, qo`shimcha manba, internet va boshqa vositalardan izlash, topish, qayta ishlashga o`rgatish orqali ularning bilim olish malakasi shakllantirilmoqda. s)o`quvchilar o`z qobiliyatlari darajasida mavzuni o`zlashtirmoqdalar. Interfaol uslubidagi mashg`ulotlar o`quvchini ijodiy faollikka, axborotlarni tezkor qabul qilushga, fikrni erkin bayon etishga, muammolar yechimuni jamoa bo`lib hal etishga, tashabbuskorlikka, mustaqil ravishda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etadi. Ona tili va adabiyot o`qituvchisi Mo`tabar Tursunova sud, ekskursiya hamda didaktik o`yin – ta`limiy uslub bo`lib, muayyan maqsadga erishishga e`tibor qaratiladi. O`quvchini qiziqtirish maqsadida “Hikoya tuz!”, “Davom ettir!”, “Qarmoqqa ol!” topshiriqlari beriladi. Hammamizga ma`lumki, oktabr oyi ona tili va adabiyot fani oyligi edi. Maktab o`qituvchilari o`quvchilar bilan Muhammad Yusufga bag`ishlab adabiy kecha, o`zbek tiliga Davlat maqomi berilganligining 32-yilligiga bag`ishlab konferensiya, samarqandlik sohibdevon shoir, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a`zosi Rahimjon Naimning “Dil mulkimning gulshani rozi” devonining taqdimoti bo`lib o`tdi. Taqdimotda Samarqand tuman xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi maktablarning til va adabiyot oqituvchilari hamda samarqandlik O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zolaridan vakillar qatnashdilar. Taqdimotda devon tuzish an`analari, u arab alfaviti yoxud hozirgi o`zbek alifbosi tartibida murattab etilishi haqida ma`lumot berib, g`azal, muxammas, musaddas, tuyuqlaridan namunalar o`qildi. O`quvchilar ijodkorning “Taxti ravon kemtikligi” nasriy to`plamidan “Qarg`ish urgan” hikoyasi mahorat bilan sahnalashtirilib, barchaning olqishiga sazovor bo`ldilar. Noyabr oyi maktabda chet tili fani o`qitilishi oyligi bo`lganligi uchun ta`lim-tarbiyaviy mashg`ulotlar qaynamoqda. Ingliz tili o`qituvchilari Asila Rustamova rahbarligida yangi-yangi tadbirlar uyshtirmoqdalar. O`qituvchilar mehnatining natijasini hayotning o`zi baholaydi. Qobiliyatsiz o`qituvchiga endi o`rin yo`q, deb o`ylaymiz. Qaniydi hammayam makkabning jismoniy tarbiya o`qituvchisi Umidjon Husaynovdek o`z zimmasidagi yuklamalarini vijdonan bajarsa!.. Buning uchun maktabdagi barcha shogirdlarimizning har birini yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur egallashlariga keng sharoitlar yaratiush hamda raqobatbardosh bitiruvchilarni mamlakat uchun tayyorlash – davr talabi. Shahnoza ZOHIDOVA, Samarqand tumanidagi 20-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Abdurahim MAFTUN, O`zbekiston xalq ta`limi a`lochisi