Matematika fanlar sultoni
Matematika fanlar sultoni
“Matematika fanlar sultoni” bir qarashda sodda tuyulgan bu so‘zda olam – olam ma’no jo bo‘lgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi albatta. Zero matematika fannini chuqur bilgan kishi borki tabiatida og‘ir bosiqlikni, sabrli va e’tiborli ekanligini guvohi bo‘lamiz. Matematika fanni insondan e’tiborli bo‘lishlikni, katta sabr va mehnatni, shu bilan birga doim izlanishda bo‘lishlikni talab etadi. Shu o‘rinda oliy ta’lim muassasalari, litsey, texnikum va o‘rta ta’lim maktablarida aniq fanlar xususan matematika fannini o‘qitishda alohida e’tibor qaratilganligi fikrimiz isbotidir.
Piskent tumanidagi 15- umumiy o‘rta ta’lim maktabida matematika fanidan “ASSALOM MATYeMATIKA” belashuvi o‘tkazildi. Yuqori sinf faol o‘quvchilari ishtirok etgan mazkur tadbir matematika fanni o‘qituvchisi hamda tadbir tashkilotchisi Shukurullayev Abdusamad tomonidan ochib berilib unda o‘quvchilar salohiyatini yuksaltirishda matematka fanni o‘rni, uning jamiyat taraqiyotini yuksaltirishda ahamyati haqida aytib o‘tildi. Shundan so‘ng izlanuvchan o‘quvchilardan tashkil topgan “Bilimdonlar” va “Matematiklar” guruhlari
1.Tanishtiruv 2.Tezkor savol – javob 3.Sonlarga oid maqollar aytish 4.Sirli quticha 5.Krassvord 6.Sardorlar bellashuvi shartlari asosida o‘zaro kuch sinashtilar. Bir necha soat davom etgan qizg‘in bellashuv o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirish bilan birga o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ba’zi savollarga ham javob olishdi. Topqirlik, donolik, tezkorlikni talab qiladigan har bir shart malakali o‘qituvchilar jamoasidan tuzilgan hakamlar tomonidan baholanib borilib unga ko‘ra shartni to‘g‘ri va tez bajargan “Bilimdonlar” guruhi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi hamda maktab ma’muryati tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida namoyish etilgan o‘quvchi yoshlarning fanga doir sahna chiqishlari, ijro etilgan raqslar, aytilgan she’rlar tadbir ishtirokchilarga o‘zgacha ko‘tarinkilik ulashdi.
Husan Ispantov
Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi