Matematika va go’zallik
Ajoyib kashfiyotlar
Matematika va go’zallik
9x9+7=88
98x9+6=888
987x9+5=8888
9876x9+4=88888
98765x9+3=888888
987654x9+2=8888888
9876543x9+1=88888888
98765432x9+0=888888888
Mashhur yettiliklar
I dunyoning yetti mo’jizasi: II yetti xazina
1) Misr ehromlari Sigir- ro’zg’orning qassobi va baqqoli
2) Bobil osma bog’lari Asalari- oilaning tabibi
3) Artemida ibodatxonasi Ipak qurti- qizlarning sepi
4) Galikarnas dahmasi Objuvoz- qozonning yog’i
5) Zevs haykali Tegirmon- qorinning belbog’i
6) Rodosdagi haykal O’rmon- “imorat” suyagi, qozon olovi
7) Iskandar mayog’i Tovuq- ham obiyovg’on, ham dori-darmon
III moddalarning yetti holati IV musiqaning yetti notasi
1) Qattiq holati Do
2) Suyuq holati Re
3) Gazsimon holati Mi
4) Plazma holati Fa
5) Neytron holati Sol
6) Epiplazma holati Lya
7) Fizik vakuum holati Si
V yetti avlod VI yetti iqlim
1) Farzand Ekvatorial
2) Nabira Subekvatorial
3) Chevara Tropik
4) Evara Subtropik
5) Pannevara Mo’tadil
6) Ovora Subarktik
7) Begona Arektik
VII Yetti rang VIII yetti mukammal fanlar
1) Oq Grammatika
2) Sariq Mantiq
3) Qizil Retorika
4) Qora Geometriya
5) Ko’k Arifmetika
6) Yashil Astronomiya
7) Apelsin rang Musiqa
IX yetti sayyora X yetti dengiz
1) Quyosh- kuch-g’ayrat ramzi Shimoliy Atlantika okeani
2) Oy- dilbarlik ramzi Janubiy Atlantika okeani
3) Mars- jang-u jadal timsoli Shimoliy Tinch okeani
4) Merkuriy- aql-zakovat, donolik ramzi Janubiy Tinch okeani
5) Yupiter- baxt ramzi Hind okeani
6) Venera- sevgi ramzi Akrtika okeani
7) Saturn- dehqoncilik va hosildorlik ramzi Janubiy okeani
XI yetti qavat osmon va payg’ambarlari XII injildagi yetti halok qiluvchi gunoh
1) 1-ocmon –Odam alayhissalom Mag’rurlik
2) 2-osmon- Iso va Yahyo alayhissalomlar Baxillik
3) 3-osmon- Yusuf alayhissalom Ochko’zlik
4) 4-osmon – Idris alayhissalom G’azab
5) 5-osmon- Horun alayhissalom Yeb-to’ymaslik
6) 6-osmon- Muso alayhissalom Hasad
7) 7-osmon- Ibrohim alayhissalom Dangasalik
XIII Islomda iymonning yetti farzi XIV dunyoning yetti tabiiy mo’jizasi
1) Allohga Everest cho’qqisi
2) Allohning farishtalariga Katta Barriyer rifi
3) Allohning kitoblariga Grand Canyon
4) Allohning payg’ambarlariga Viktoriya sharsharasi
5) Oxirat kuniga Reo-de Janeiro ko’rfazi
6) Taqdirga Parikutin vulqoni
7) O’limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish Shimoliy ko’llar
Kompasning tarixi:
Dengiz va quruqlikda joy mo’ljalini olish uchun kompasdan foydalaniladi. Kompas yordamida dunyo tomonlari, ya’ni shimol, janub, g’arb, va sharqning qay tomondaligini aniqlash mimkin. Kompas oddiy tuzilgan, unda magnitli ko’rsatkich bo’lib u doim shimol tomonni ko’rsatib turadi. Kompas yordamida shimol qayoqdaligini aniqlangach , dunyoning boshqa tomonlarini aniqlash qiyin bo’lmaydi.
Kompas eramizning IV-VI asrlari oralig’ida Xitoyda kashf etilgan. Arablar orqali Yevropada kirib kelgan. Kompas tufayli ko’plab yangi yerlar kashf qilingan. Kompas yaratilishining yana quyidagicha tarixi ham mavjud.
Bundan 3000 yil avval hozirgi Vetnam hududidan Xitoy poytaxtiga qimmatbaho sovg’alar bilan elchilar kelishgan. Xitoyliklar ularni yaxshi kutib olishgan va sovg’a- salomlar bilan kuzatib qo’yishgan. Elchilar o’z hukmdorlariga ajoyib kuzatuvchi “Chinana”, ya’ni o’ng qo’li oldinga cho’zilgan yog’och odam o’rnatilgan aravachani sovg’a qilganlar. Aravacha qaysi tomonga burilmasin uning qo’li hammavaqt janubni, ya’ni elchilar vatanini ko’rsatar edi. Sababi arava ichida magnit bor edi. Dastlabki kompas ana shunday ixtiro qilingan bo’lib u janubni ko’rsatgan. Bugungi kunning zamonaviy kompaslari faqat shimol tarafni ko’rsatadi.
Mikroskop tarixi: mikroskop tarixi kishilar shisha linzaning narsalarni kattalashtirib ko’rsatishini payqagan vaqtdan boshlangan deyish mumkin. Bu to’g’risida IX asrda yashagan arab olim Ibn Alxaysam o’z kitobida birinchi bo’lib eslatib o’tgan. XIII asrda ko’zoynak yaratildi. Xuddi shu davrda oid qavariq shishaning sferik oberratsiya deb atalgan asosiy bir kamchiligini aniqladilar, XIII asrda ingliz olimi Rojer Bekon qavariq shishalar ustida tajriba o’tkazib ularni quyidagi kamciligini aniqladi. Qavariq linza o’ziga tushgan narsalarni hammasini to’plamaydi, shu sababli bunday linza orqali tasvir cheti xiraroq bo’lib, suykalganga o’xshash ko’rinadi. Botiq linzaning tasvirini kattalashtirish xossasidan XVII asrda Golland ustalari amalda birinchi bo’lib ko’zoynakdan foydalaniladi.
Shu vaqtgacha birinchi bo’lib mikroskopni ixtiro qilgan kishi ma’lum emas. Mikroskopni bir vaqtda bir qancha kishi, shu jumladan gollandiyalik ikki olim Yansen va Levenguk ixtiro qilgan bo’lsa kerak. Antoniy Levangukning nomi mikrologiya tarixi bilan uzviy bog’langan, chunki u mokroskop orqali shu vaqtgacha kishilarga noma’lum bo’lgan, oddiy ko’zga ko’rinmaydigan tirik mavjudot, mikroblarni ko’rgan birinchi olim.
Obyektiv va okulyardan tashkil topgan Levenguk mikroskopi 1677-yilda qurilgan bo’lsa ham, prinsip jihatidan hech qanday muhim o’zgarishsiz davrimizgacha yetib keldi. 1753-yilda Peterburg akademiyasining akademigi I. Eyler xromatik oberatsiyadan kutish uchun obyektiv hisobni berdi va mexanik P. Kulibin esa 1774-yilda bu hisob bo’yicha apoxromat obyektiv yasadi. 1802-yilda rus akademigi Epins hozirgi mikroskopga o’xshash uzun tubusli mikroskop yasadi.
1824-yilda italyan fizigi Amichi Immersion mikroskop ixtiro qildi. Uning bu ishi mikroskoplarning takomillashtirishga yangi bosqich bo’ldi. Odatda mikroskopga biror narsani, masalan, qon tomirni ko’rish uchun uning ustiga shisha qo’yiladi va yorug’lik nurlari qon tomchisidan obyektivga borishga o’sha shihsa va havodan o’tadi. Ya’ni qo’shimcha ravishda ikki marta sinadi. Shu sababli tasvirda anchagina buzilish ro’y beradi. Amichi qoplama shihsa bilan obyektiv orasida bo’shliqni suyuqlik bilan to’ldirishni taklif etdi. Bu suyuqlikning sindirish ko’rsatgichiga teng bo’lishi kerak.
Mikroskopiyaning so’ngi bosqichi ultramikroskop ixtirosi hisoblanadi. Ma’lumki istagancha kattalashtirilgan mikroskopni yasab bo’lmaydi. Har qanday narsaning kattalashtirish chegarasi bor. Shu chegaradan o’tganda yorug’lik difraksiyasi tufayli ular mikroskopda ko’rinmaydi. Qo’sh obeyktivi va okulyarli birinchi mikroskopni 1677- yilda Kerubin Orlenskiy kashf qilgan bo’lsa ham, foydalanishga yaroqli mikroskopni faqat 1859- yilda nemis firmasi Seyssa ishlab chiqardi. Shu bilan bir vaqtda bir obyektivli steroskopik mikroskop ishlab chiqardi. 1931-yilda rus olimi A. Lebedev polyarizatsion mikroskop yasadi. Bu mikroskopda kristallar interferensiyalangan nurda ko’rinadi. Mikroskopning navbatdagi yutug’i rus olimi M. Brumberginning ultra binafsha nurlar uchun yaratilgan mikroskopi hisoblanadi.
Elektron mikroskopning “tarjimayi holi” esa uncha ko’p bo’lmay 85 yoshga kirgan. Birinchi elektron mikroskop 1932- yilda Germaniyada Kioll va Rusk tomonidan konstruksiya qilindi. So’nggi yillarda turli firmalar bu mikroskopni takomillashtirish bilan shug’ullanganlar. Mikroskopning katta qilib ko’rsata olishi 25 yil davomida 1300 marta o’sdi. Hozirgi zamon mikroskoplari 200000 martagacha katta qilib ko’rsata oladi. Sobiq ittifoqda elektron mikroskopni 1974-yilda akademiklardan A Lebedev, N. Versner va G. Zandinlar birinchi bo’lib yasaganlar. Elektron mikroskopda optik linza o’rniga elektron linza olinib,yorug’lik nuri esa elektron dasta bilan almashtiriladi.
Elektron mikroskop insoniyatga tabiat sirlarini yanada chuqurroq bilish imkonini beradi. Ular yordamida kishilar ayrim yirik molekulalarni, molekulalarning ko’payish jarayonini, ayrim bakteriyalarning nozik tuzilishini o’qgandilar. Molekulalarda elektron mikroskopdan foydalanib katta muvaffaqiyatlarga olib keldi.
Ignaning tarixi: “Tarix ensiklopediyasi” ning yozilishicha, suyakdan yasalgan teshikli igna bizning mamlakatda - o’n to’qqiz ming yil avval, ya’ni oxirgi paleolit davridan beri mavjud. Yevropalik arxeoloqlar eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikda ishlatilgan igna va ignatugmachalarni topishgan. Ular o’zining nozikligi va ishlatish uchun qulayligi bilan hozirgi ignalardan also qolishmaydi.
XIV asrda simni tortish kashf etilganda igna yasash revolyutsiyasi paydo bo’ldi. Uzoq vaqt bu tovarni Yevropaga Germaniya va Ispaniya yetkazib turdi. Lekin 1650-yillrdan boshlab bu monopoliyani Angliyaliklar qo’lga olishdi. Chunki ular igna chiqarish uchun maxsus stanoklar yaratishgan edi. Igna yasash tarixi Rossiyada Pyotr I davridan boshlanadi. Uning buyrug’i bilan 1717-yildan boshlab aka-uka savdogarlar Ryumin va Sidor Tomilin daryosi bo’yidagi Stolbki va Kolenki qishloqlarida ikkita igna fabrikasi qurishdi. Pyotr I ning rafiqasi Yevdokiya Fedorovna aynan shu ignalardan foydalanib o’ttiz yil har xil monastirlarda va Shlisselburg qal’asida qamalib yotgan davrda kashtado’zlik hunarini o’rgangan. Bu haqida u nabirasi Pyotr II ga o’zining ozod qilinishi munosabati bilan tiklangan lenta va yulduzni uzata turib: “men gunohkor banda o’z qo’llarim bilan tikkanman” deydi.
Shaxmat haqida : Ehtimol, xuddi shaxmat singari boshqa bir xususiga bu qadar ko’p va uzoq yuzyilliklar davomida asarlar bitilgan o’yinlar orasida shohi sanaladi. Shaxmat , shuningdek , ehtimol, ma’lum o’yinlarning eng qadimiysi, ba’zi birovlar bobokoloniga 5000 yosh beriladi. Biz bilamizki, “shaxmat” so’zi forscha “shoh murd” jumlasidan kelib chiqqan, ya’ni “shoh o’ldi” degan ma’noni anglatadi bu birikma. Ammo forslar shaxmatni yaratgan deb ayta olamizmi? Buni hech kim aniq bilmaydi.
Hamma gap shundaki, shaxmatning kelib chiqishi turli zamonlarda yunonlarga , rimliklarga, bobilliklarga, misrliklarga, yahudiylarga, forslarga, xitoyliklarga, hindlarga, arablarga va bir talay boshqa xalqlarga taalluqli deb topilgan-da! Bir farazga ko’ra, shaxmat Hindiston buddaviylari orasida dunyoga kelgan. Buddaviylar odatlariga muvofiq urushlar va qaysi maqsadda sodir etishidan qat’iy nazar odam ko’shliklar jinoyat hisoblangan. Va shu boisdan ular urushning o’rnini bosadigan shaxmatni kashf etishgan! Bir talay nufuzli odamlar shaxmat ehtimoli, Hindistonda dunyoga kelib, Eronga, Arabistonga, shundan keyin G’arbiy Yevropaga tarqalgan deb hisoblanadi.
Shaxmatning alohida figuralari – donalari xususida to’xtaladigan bo’lsak, ular shaxmatning uzoq tarixi davomida ko’p o’zgarishlariga uchragan. Shox bir zamonlar asirga olinishi mumkin bo’lgan , bu esa, biz o’ynaydigan shaxmatda also mumkin emas. “ Rokirovka” tahminan 400 yil muqaddam kiritilgan yangi g’oya edi.
Farzin- malika shaxmatda, kim bilsin, eng maroqli tarix sohibasidir. Qashonlardir bu figura- dona “vazir” deb atalgan! Bugun o’yin paytida farzinni boy berib qo’ysangiz , Siz eng qudratli figuradan ajrab qolasiz. Ammo qadim zamonlarda u dioganal bo’ylab faqat bir katak oldinga yura olar va shu boisdan taxtadagi eng zaif figura edi. Faqatgina 500 yil ilgari farzinga uning bugungi kuch- qudrati havola etilgan edi.
Ruhlar va asplar, aftidan, yillar davomida o’zgarishga uchramagan. Darvoqe , to’raning ingilizcha “ruk” degan nomlanishi - “askar”ni anglatuvchi hindcha “rukh” va forscha “ro’h” kalimalaridan kelib chiqqan. Endilikda butun dunyoda shaxmat o’ynaladi, millionlab odamlar muntazam ravishda o’tkaziladigan musobaqalarni zo’r qiziqish bilan kuzatib boradilar.
Nodira O’rinovna ,
Sharof Rashidov tumani