Maxsus hisob daftari
Tajriba
Maxsus hisob daftari
O‘quvchilarni matematika kursini o‘rganishga tayyorlash va matematika darslarida o‘quvchilar bilimini og‘zaki aniqlash
1-4-sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lgan ta’lim –tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo‘yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog‘liq.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tilida nutq madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish lozim bo‘ladi.
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o‘quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o‘quvchilarga yetkazish olish vazifasi turadi. O‘qituvchi quyidagi tartibda o‘quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib turadi :
- Nechagacha sanashni biladi?
- Nechagacha sonlarni qo‘shishni biladi?
- Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?
- >, <,= belgilarini ishlata oladimi?
- Noma’lumlar bilan berilgan qo‘shish va ayirishda bu noma’lumlarni topa oladimi ?
- Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?
- Nechagacha sonlarni yoza oladi?
- O‘ngga, chapga, kam, ko‘p, og‘ir, yengil, teng kabilarni farqlay oladimi?
- Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og‘irlik o‘lchov birliklari bilan muamala qila oladimi?
Bolalar o‘qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy opera ts iyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
O‘quvchilar bilimini tekshirishning yana bir usuli o‘quvchilardan individual so‘rash hisoblanadi. Bu so‘rash uncha katta bo‘lmagan og‘zaki hisoblash bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday so‘rashni o‘qituvchi odatda uy vazifasini tekshirish bilan bog‘laydi.
O g‘ zaki hisoblash malakalarini tekshirish maqsadida sinfning barcha o‘quvchilari bilan misol va masalalar yechishda qo‘llaniladi.O‘qituvchi misolni aytadi, o‘quvchilar og‘zaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam to‘g‘risiga faqat javoblarini yozib qo‘yadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7-10 daqiqa davomida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Savol va misollar :
ü Yuz ming o‘n mingdan necha marta katta? Turli xona birliklari orasidagi munosabat.
ü Sakkiz mingda necha yuz bor?
ü 542 000 da nechta o‘n ming bor
Bu vazifalarni o‘qituvchi og‘zaki bayon qiladi.O‘quvchilar esa misollarga misollarga taalluqli javoblarni daftariga shu raqamlar yoniga yozib qo‘yadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga ishini tekshiradi va ularning yo‘l qo‘ygan xatolarini qayd qiladi, keyin yozma ishni xulosalash maqsadida reyting jadvali tuziladi.
Gulandom G‘ULOMOVA ,
Kasbi tumani dagi 31-maktab o‘qituvchisi