“Men eng yaxshi tadqiqotchiman”
“Men eng yaxshi tadqiqotchiman”
“STEAM” texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib boorishni ta’minlab beradi. O‘quvchi o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim toppish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va buning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi.
Yunusobod tumanidagi 260- kimyo fani o‘qituvchisi D.Maxammadiyeva “STEAM” yondashuvi asosida 7-sinf o‘quvchilari bilan “Men eng yaxshi tadqiqotchiman” nomli tadbir o‘tkazdi. M aktabning ta’lim jarayonida ham STEAM texnologiyasidan keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad, o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va hayotga tatbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.
O‘quvchilar quyidagi tajribalarni ko‘rsatib berishdi.
1. “Gugurtsiz olov”
Idishga kaliy permanganate moddasidan solib, ustiga konsentrlangan sulfat kislota eritmasidan quyib paxtani spirtga botirib, moddalar ustiga quyilsa olov hosil bo‘ladi.
2. “Sun‘iy ilon” tajribasi. Quruq spirt ustiga 3 dona kalsiy gluykonat tabletkasini qo‘yib so‘ngra spirt yoqiladi. Tabletkalar yonib sun’iy ilon hosil qiladi.
3. “Vodorod peroksidni katalizator yordamida parchalanishi” Vodorodperiksidning 30 foizli eritmasidan probirkaga solib ustiga marganes (4) oksididan solinsa kislorod va suvbug‘lari ajralib chiqadi. Oq tutun paydo bo‘ladi.
4. “Vulqon” ammoniy bixromatni idishga solib yoqsa vulqon hosil qilib yonadi.
5. ‘Qo‘lda olov” idishga suv suyuq sovun solinadi va gaz balonchadan gaz purkalib ko‘pirtiriladi. So‘ngra ko‘pik qo‘lga olinadi va gururt yordamida yoqiladi. Qo‘l yonmaydi. Ko‘pik yonadi.
6. “Yonmas dast ro‘molcha” ro‘molchani sovuq suvda ho‘llab, spirtga botiramiz va gugurt bilan yoqiladi. Ro‘molchani qisqich yordamida ushlab turiladi.