"Mening orzuimdagi uy"
"Mening orzuimdagi uy"
Uyimiz nafaqat qo'rg'onimiz, balki g'ururimiz hamdir. Bu maskanda qadrdon va yaqin insonlarimiz bilan eng baxtli onlarimizni boshdan kechiramiz, shuning uchun ham har bir inson oʻz uyini o'zgacha uslubda va zamonaviy ko'rinishda boʻlishini xohlaydi.
Sizning ham orzuyingizdahi uy bormi?
Toshkent shahar Yashnobod tumani 227-maktab oʻqituvchisi Inogomova Nilufar rahbarligida 4-v sinf oʻquvchilari bilan "Mening orzuimdagi uy" mavzusida ochiq dars oʻtkazildi. Ushbu darsda oʻquvchilar oʻz ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etishdi.
Ochiq dars davomida bolalarga qadimgi uylar, ularning kelib chiqish tarixi, shu jumladan zamonaviy va talablarga mos tarzda qurilayotgan xonadonlar haqida ham maʼlumot berildi.
Bundan tashqari dars davomida mantiqiy va aqlni charxlovchi savollardan foydalangan holda turli oʻyinlar oʻtkazildi. Oʻz qoʻllari bilan yasalgan uylar va bunday huzurbaxsh onlar bolajonlarda faqatgina yaxshi taassurot qoldirdi.
Gulnora Abdurahmanova