Musiqa darsida Yaponiya tajribasi
Yaponiya mamlakati, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilishi ko‘rsatkichi bo‘yicha, ko‘p yillardan buyon, dunyoda eng oxirgi o‘rinlarni band etib keladi.
Bunga sabab nima?
Maktabda, har kuni birinchi dars, uzoq asrlardan buyon davom etib kelayotgan, Yaponcha ta’zim qilish bilan, o‘qituvchini kutib olishdan boshlanadi.
Ma’lumki, kunchiqar yurt, Yaponiya dunyoda eng murakkab ta’lim tizimiga ega mamlakatlar toifasiga kirib, o‘quvchi kamida 8-10-soat vaqtini maktabda o‘tkazadi.
Shu tufayli, turli hildagi zo‘riqishlar, charchoq va har bir o‘quvchida kuzatiladigan balog‘at yoshining o‘ziga xos muammolarini yengib o‘tishlarida, maktabda musiqa darsini o‘tilishi va sifatiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, musiqa asbobida o‘zi sevgan kuyni ijro etishni o‘rganish davomida, o‘quvchida kreativ fikrlash, ijodkorlik kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarni boshqa fanlarni ham yaxshi o‘zlashtirishlariga o‘z tasirini ko‘rsatadi.
Yapon maktablarida ham o‘quvchidan kamida ikkita musiqiy asbobda kuy chalish mahoratini egallash talab etiladi.
Asosan, Yapon milliy torli musiqa asbobi koto va pianino aksariyat o‘quvchilarning sevimli musiqa asboblari sanaladi.