“ Najot ilmda”
“ Najot ilmda”
Kitobga mehr qo‘yish, kitob o‘qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. Ilm izlash, kitob mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytiradi, o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi. Zero, kitob o‘qigan insonning o‘qimagan insondan har sohada imkoniyat doirasi kengroq bo‘ladi. Olimlar, ziyolilar, yozuvchi-yu shoirlar o‘z vaqtida ko‘p va xo‘b kitob mutolaaa qilgani tufayli yuksak darajaga erishganlari ma’lum.
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 61-maktabda “Besh tashabbus —besh imkoniyat” shiori ostida, to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitoxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda hududdagi 11 maktabning 4-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi jamoalar “Tanishtiruv”, “Savol-javob”, “Sahna ko‘rinishi” shartlari asosida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar.
Tadbir barcha qatnashchilarga o‘zgacha quvonch, o‘zgacha shodlik hadya etdi. Boisi, o‘quvchilar birgina ushbu tadbir orqali kitobga bo‘lgan mehr muhabbatlarini mustahkamladilar, sahna ko‘rinishlari orqali sevimli ertak qahramonlari obrazida o‘qish va uqish kelajak hayotlarida muhim ahamiyat kasb etishini teranroq angladilar. Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari tuman xalq ta’limi boshqarmasining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Nilufar Xasanova
61-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi