“Oʻqish”da Vatan
“Oʻqish”da Vatan
Sergeli tumanidagi 237-umumtaʼlim maktabining 3-Asinf oʻqituvchisi Dildora Mirzahmedova “Oʻqish” fanidan ochiq dars jarayonini sahna koʻrinishi orqali olib bordi. Vatan mavzusi... Ne-ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazlu-kamoli uchun jon vido etgan zamin. El borki, Vatan bor – Vatan borki, el bor. Elsiz Vatan biyobon. Vatansiz el – darbadar. Shuning uchun qadimdan elim deya Vatan- ni e’zoz etganlar, el dardi bilan yashagan kishilarni Vatan- parvar deb ardoqlashgan. Shubhasiz, Vatan tushunchasi turlicha talqin etib kelingan. Lekin Turon zamin farzandlari, Movarounnahr avlodalari uchun Vatan so’zi chuqur ma’no kasb etmagan, bugungidek mag’rur jaranglamagan.
Vatan tarixi – moddiy va ma’naviy meros. Moddiy meros sifatida u biz uchun rizqu-ro’zimiz, makonimiz bo’lgan bo’lgan zamon. Ma’naviy meros sifatida u bizning fazlu-kamolimiz, olam anjumanida aytgan so’zimiz, o’z boyliklari talangan davlat.
O‘quvchi: Emishki, inson yangi tug’ilgan chaqaloq, hali dunyoga kelmay turib samo bilan bog’lanar ekan. Olloh go’dakka faqat qo’l-oyoq berib qolmay, yuragiga his tuyg’uni jo etadi. Shu tuyg’u bor ekan, biz mag’rib bilan mashriqni, kindik qoni to’kilgan yurt bilan, begona mamlakatni farqlaymiz. Vatanni sevmoq iymondandir deyiladi hadis sharifda. Biz har qarich zaminini e’zozlaydigan ona-Vatan bu O’zbekistondir. Eng avvalo shuni ta’kidlash lozimki, Vatan va vatanparvarlik tushunchasi mustaqillik va ozodlik, erk va adolat g’oyalari bilan chambarchas bog’liqdir.
O‘quvchi: Vatan tushunchasi milliy iftixor tuyg’usi bugun shuning uchun ustivorki, mustaqillik tufayli milliy qadriyat- larimiz qayta tiklandi va moddiy boyliklarimizga egalik huquqini qo’lga kiritdik.
O‘quvchi: Vatan mavhum tushuncha emas. Vatanni sevmoq – uning o’tmishini chuqur bilmoq, yillar davomida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni qadrlamoq, tabiatni pok tutmoq tabobat olami-yu, hayvonot dunyosini asramoq, komil inson bo’lib voyaga yetmoq kerak.
Hazin shoiralar o’qiydi nuqul,
Sitamlar falakning satrlarini.
O’rtanar Uvaysiy dog’ ko’ngil,
Injular Nodira xotiralarini.
O‘quvchi: Tafakkurimizda Farobiylar donishmandligi, tomirlarimizda Tumaris va Amir Temur qoni, tuyg’umizda Shiroq va Jaloliddin Manguberdi vatanparvarligi, ongimiz-da Yassaviy va Naqshband ta’limoti mavj urib turibdi. Ming yillar davomida avlodlardan-avlodlarga singib kelayotgan bu botiniy ma’naviyatni hech bir mustabid elimiz qalbidan yulib ololmaydi. Ziyoni dud to’sa olmaganidek, zulmatlarni parchalab, Vatanimiz uzra istiqlol quyoshi porladi.
Olis Xurosondan Turkiston qadar,
O’zbeklar – sochilgan bir gavhardir.
Yigit: Mustaqil O’zbekiston o’z bayrog’i, tuprog’i, bosh qomusi, madhiyasiga ega bo’ldi. Mustaqil mamlakatimiz hayotida bu yangilanishlar davri bo’lib tarix solnomasidan o’rin olmoqda. O’zbekiston obro’-e’tibori ortib, jahon uni Markaziy Osiyoning tinchliksevar, milliy iqtisodiy taraqqiyot yo’lidan borayotgan, kelajagi buyuk davlat sifatida kashf etayotir. O’zbek xalqi – ulug’ xalq. Turondagi eng buyuk millat.