Oʻquv_seminari
Umumiy o‘rta ta’lim
30 / 11 / 2022
Oʻquv_seminari
Joriy yilning 29-noyabr kuni Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasi Uslubiy boʻlimi boshlig'i L. Sattarova va Ma'lumot va bibliografiya sho'basi mudiri B.Rizoqulovalar tomonidan umumta'lim maktab kutubxonachilari uchun "Umumta'lim maktab kutubxonalarida katalog va kartatekalar bilan ishlash", "Kitoblarga ishlov berish tartibi" mavzularida oʻquv- seminari oʻtkazildi.
Seminarda mavzularga oid ma’lumotlar slayd-taqdimot ko‘rinishida tushuntirib berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminarda maktab kutubxonachilari o‘z fikrlarini bildirdilar va savollariga mas’ul xodimlar tomonidan javob berildi.
Axborot hizmati
Sirdaryo viloyati bolalar kutubxonasi