O‘quvchi kasbi — uning kamoli
O‘quvchi kasbi — uning kamoli
Mehnatkash o‘zbek xalqi davrlar osha qardosh xalqlari kabi o‘z milliy qadriyatlariga egadir. “Amaliy” fanlar ushbu qadriyatlarni o‘rgatishda muhimdir. Yashnobod tumanidagi 153-maktabda texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarga hunar o‘rgatishga ahamiyat qaratiladi. Ular uchun “Mohir qo‘llar” to‘garagi faoliyat yuritadi. Fan o‘qituvchisi Mohira Atadjonova 2—4-sinflar o‘rtasida o‘tkazgan musobaqa tarzidagi amaliy mashg‘ulotda bolajonlar o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etishdi.
Aslida maktabning kirish yo‘lagi bezatilgan turadi. Bu esa o‘quvchilarning qo‘l mehnati bilan ishlangan buyumlar, tikilgan naqshinkor matolardir. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ham fanga qizifishadi, jumladan, yaqinda 8-sinf o‘quvchilari bilan noan’anaviy ochiq dars o‘tkazdik. 5-sinflar o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan “Balli qizlar” tadbiri, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Qiz bolaning kasbi — uning baxti” tadbiri, 7-sinf o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Bahor malikalari” ko‘rik-tanlovlari fikrimiz isbotidir.
Moxira ATADJANOVA ,
shu maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi