O‘quvchilarning vaqti unumli o‘tdi
O‘quvchilarning vaqti unumli o‘tdi
O‘quvchilarga ma’naviyat saboqlaridan ta’lim berish, ularning ongiga milliy g‘oyani singdirish, yoshlarni uchinchi renessans vakillari etib tarbiyalash bugungi zamonaviy pedadodlarning vazifasidir. Zero, ma’naviy jihatdan boyib borayotgan yosh avlod kelajakda yurtning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyor turadi.
Bugun Sergeli tumanidagi 352-maktabda o‘quvchilarning vaqtini unumli o‘tkazish, ularni ma’naviyatli yoshlar etib tarbiyalash, kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan o‘g‘il-qizlar qilib yetishtirish maqsadida “Ma’naviyat sarchashmasi” nomli tadbir tashkillashtirildi. Unda mahalla oqsoqoli, ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirni maktab direktori Vazira Sulaymonova ochib berdi. O‘quvchilarga bugungi ziddiyatli davrda diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik va terroristik oqimlarga qarshi kurashish haqida ma’ruzalar qilindi. Ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Shuningdek, shoira Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha barchaning ko‘ngliga manzur bo‘ldi. Kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda shoira ijodidan she’rlar tinglandi. Ku y-raqslar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shoira hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Yakunda tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.
Azim AXTAMOV