O‘zaro hamkorlikka asoslangan yangicha tizim
Maktab va universitet:
ta’limdagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan yangicha tizim
Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sifatini oshirish, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ularni ommaviy sport turlariga jalb qilish, maktablardagi ma’naviy muhitni tubdan yaxshilash va o‘qitish metodikalari eskirgan maktablarda zamonaviy ta’lim uslublarini joriy etishga qaratilgan bir qancha islohatlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-apreldagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda 2022-yil 11-aprel kuni qabul qilingan “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi barcha umumta’lim maktablari shu hududda joylashgan oliy ta’lim maskanlariga biriktirib berildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga esa Chinoz tumanidagi 48 ta ummumta’lim maktabi biriktirildi.
Ayni vaqtda, universitetdagi mavjud 25 ta kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlariga biriktirilgan maktablar faoliyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar kontingenti, moddiy-texnika bazalarini o‘rganib, tahlil qilib chiqishdi. O‘rganishlar natijasidan kelib chiqib, shu hafta mobaynida maktablarda “Jismoniy tarbiya” fanini o‘qitish uchun ayrim sport anjomlarini olib berish, o‘tiladigan fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish, sport va fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy soatlarni tashkil etish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol, yengila atletika, boks, voleybol, stol tennisi kabi turlaridan mahorat darslari hamda musobqalar o‘tkazish, shuningdek, taniqli sportchilar ishtirokida suhbatlar uyushtirsh yuzasidan bir qancha samarali ishlar qilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilnig 22-aprel kuni Chinoz tumani 13-umumta’lim maktabida universitetning “Sport psixologiyasi va pedagogika” kaferasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bo‘lgan bolalar bilan ishlash va suitsidni oldini olish” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Unda Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, tumandagi umumta’lim maktablari psixologlari hamda universitet Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminar ikki qismda tashkil etilib, uning birinchi qismida psixologlar tomonidan ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bolalar bilan ishlash, o‘quvchilar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish hamda suiqasd holatlarini oldini olish kabi bir qator ma’ruzalar qilinidi. Ikkinchi qismda seminarga tashrif buyurgan maktab psixologlariga yangi metodlar ko‘rsatib o‘tildi. Ya’ni, turli rasmlarni tarqatib, unda nimalarni ko‘rgani va ko‘rgan narsasini izohlab berishi, o‘ylanmasdan hayoliga kelgan birinchi so‘zni aytishlari talab etildi. Javoblar natijasida esa ulardagi yashirin ichki kechinmalar, hissoyatlar psixologlar tomonidan ochib berildi. Bu kabi yangicha metodlarni o‘quvchilarda ham qo‘llash orqali ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash, turli nojo‘ya xatti-harakatlar oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida qilingan ma’ruzalar yuzasidan turli savollar yo‘llandi, fik-mulohazalar bildirildi hamda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
O‘zDJTSU axborot xizmati