“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 7 - fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-3514-sonli karori, O‘zbekiston Respublikasi xalk ta’limi vazirligining 2017 - yil 20 - noyabrdagi “Xalq ta’limi tizimida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini takomillashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun sayohatlar tashkil etish to‘g‘risida”gi 377-sonli buyrug‘i, 2018-yil 23-martdagi 03-05VI -2-516-sonli xatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar, o‘kituvchilar va ishchi xodimlarning “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturi asosida sayohatlar tashkil etish, xodimlarni Res publikamizning tarixiy-madaniy me’rosi, tarixiy obidalari, ziyoratgohlari, muqaddas qadamjolari, noyob tabiati bilan yaqindan tanishtirish uchun sayohatlarga yuborish maqsadida, joriy yilning bahor oylarida Nurota tuman Kasaba uyushmasining tashabbusi bilan sayohatlar uyushtirildi.
Ko‘hna zaminning marvarid shaharlari, islomiy ma’rifat va madaniyat beshiklari, ilm-ma’rifat arkoni bo‘lmish Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlariga Betakror ona zaminning muqaddas qadamjolarida ulug‘ bobokalonlarimiz, dinimiz peshvolari, buyuk avliyolar qo‘nim topgan, g‘aflat, jaholat va gumrohlikni, ma’naviyatning dushmanlari, deb bilgan ulug‘ zotlarning ruhoniyatlaridan kuch olish, halollik va oriflik, olimlikdan saboq olish maqsadida, Nurota tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, 6-, 32-, 50-umumta’lim maktablari, tuman Barkamol avlod bolalar markazi, 3-,6-,7-,19-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 200 nafardan ortiq xodimlaridan iborat bir guruh sayohatchilar muqaddas qadamjolarimizni ziyorat qilib qaytishdi.
Ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarni ma’naviyatini yuksaltirishga, boyitishga, ular o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, do‘stlik aloqalarini tiklashga katta hissa qo‘shish bilan birga dunyoqarashlarini boyitishga xizmat qiladi.
Bu shunchaki, ko‘r-ko‘rona sayohat emas, balki nafsni jilovlash, parhezkorlik, buyuk sifatlarga ega bo‘lgan ulug‘larning o‘gitlariga amal qilish uchun g‘oyibona suhbatning xamirturushi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xodimlarni rag‘batlantirish, uning moddiy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda qisman bo‘lsa-da o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Tumanimiz Kasaba uyushmasi mas’ul xodimlariga o‘z tashakkurimni bildiraman.
B.SOBIROVA,
1-IDUM
maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari