O‘zbekistonda o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi yetarli malakaga ega emasligi maʼlum bo‘ldi
O ‘ zbekistonda o ‘ qituvchilarning yarmidan ko ‘ pi yetarli malakaga ega emasligi maʼlum bo ‘ ldi
O‘zbekistondagi maktablarda faoliyat yuritadigan 280 ming nafardan ortiq o‘qituvchining salohiyati talab darajasida emas. Bu haqida Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Saidov fikriga koʼra, maktablarda 504 ming nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ularning 280 ming nafardan ortig‘i, yaʼni 56 foizining salohiyati talab darajasida emas. Bu degani, deyarli 3 millionga yaqin o‘quvchi-bolalarda yuqori malakali o‘qituvchidan taʼlim olish imkoniyati mavjud emas.
“Dastavval, maktabda taʼlim sifati, eng avvalo, shu maktabda ishlayotgan o‘qituvchilar sifati va saviyasiga bog‘liq. Zero, taʼlim sifati – o‘qituvchi sifatidan yuqori boʼla olmaydi”, deydi vazir.