OLIM BILAN UCHRASHUV
Toshkent shahar Yashnobod tumani 230-maktabda tarix va huquq fanlari oyligi namunali o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan ta’lim maskanimizga yuridik fanlari doktori, professor Murodil Baratov tashrif buyurdi. U kishining tashrifi maktabmiz hayotida unutilmas voqeaga aylandi.
Mehmon 8-dekabr sanasida Konstitutsiya qabul qilinganining tarixiy ahamiyati hamda 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinishiga doir bir qancha ma’lumotlarni bizga hikoya qilib berdi. Olim bizga inson eng avvalambor, o‘z davlatining qonunlarini yaxshi bilishi kerakligini, shundagina har qanday vaziyatdan to‘g‘ri chiqib keta olishini ta’kidladilar. O‘zlari yoqlagan doktorlik ishining mazmuni bilan tanishtirdilar. Hozirgi kunda biz yoshlarda juda katta imkoniyat borligi va ulardan oqilona foydalanishimiz uchun o‘z maslahat va yo‘l-yo‘riqlarini berdilar. Biz ularning suhbatidan juda katta taassurot oldik va kelajakda oldimizga qo‘ygan maqsad sari olg‘a borishga qaror qildik. Ularga o‘xshagan yetuk kadr bo‘lishga qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz.
Biloliddin RAHIMJONOV,
Abdulloh RAHIMJONOV,
Yashnobod tumanidagi
230-maktabning 6-V sinf o‘quvchilari