Olis manzillardagi sado
Olis manzillardagi sado
Yakunlanayotgan yilda Navoiy viloyati o‘qituvchilari ta’lim reytingida Respublikada birinchilikni egallashib ko‘pchilikning havasini keltirishdi. Albatta, buyuk shoir nomi bilan ataluvchi viloyat jamoatchiligining bu yutuqlari biz qalamkashlarni ham befarq qoldirmaydi. Shu bois safarimizni bepoyon Qizilqum kengliklarida yastanib yotgan ovullarda kelajak avlodni tarbiyalayotgan murabbiylar suhbatdan boshladik. Navoiy shahridan Qizilqumga yo‘l Konimex tumanidan boshlanadi. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Konimehr so‘zidan olingan bo‘lib, keyinchalik Konimex tarzida aytila boshlagan. Chindan ham, Qizilqum bag‘ridagi cho‘pon cho‘liqlaru tuyaboqarlar, oltintopar geologlar, deysizmi, ko‘nglizga qahramon bo‘lib ko‘rinadi. O‘zbekistonimizning turli nuqtalardan kelib, bu yerlarga muqim o‘rnashib qolgan turli millat vakillarining farzandlariga ta’lim va tarbiya berayotgan murabbiylar esa chindanda qahramon.
Tomdida behalovat odamlar yashaydi
Tomdi tumani viloyat markazidan 300km atrofida olislikda joylashgan. Zarafshon shahridan yo‘lovchi mashinaga o‘tirib yastanib yotgan Qizilqum manzaralaridan tomosha qilib, zaqlanib ketaman. Zarafshon Qizilqum ning o‘rtasida 70 yillarda geologlar tomonidan qurilgan ajoyib shahar. Ularning yashash tarzi dunyoning boshqa hech birshahariga o‘xshamaydi. Garchand olis cho‘l bag‘rida joylashgan bo‘lsada yo‘llar ravon va tekis. Uni qurgan yo‘lchilar mehnatiga tasanno aytasiz. Bu yo‘llarda mening otam rahmatli Najmiddiy bobo Qarshiyev 40 yil shofyorlik qilgan. Ovullarni yuk mashinalarida kezib, cho‘pon cho‘liqlarning uzog‘ini yaqin qilgan. Ehtimol mening ismini ham qozoq birodarlariga havas qilib O‘ljaboy qo‘ygandir. Tuman markazida eski Tomdi va yangi Tomdi qo‘rg‘onlari joylashgan. Eski Tomdi juda uzoq tarixga ega. Yangi Tomdi esa mustaqillikdan keyin barpo etilgan. Kasalxona, hokimiyat binosi, turli korxonalar shu yerda joylashgan. Olisdan ko‘rinayotgan manzarali tog‘lar odamni o‘ziga tortadi. Eng avvalo xalq ta’limiga alohida bino ajratilgani quvonchli voqea bo‘libdi, binodagi saranjom sarishtalik e’tiborimni tortdi.
Tumanimizda 16 ta umumta’lim maktabi joylashgan, — deydi tuman xalq ta’limi mudiri Mels Bozorboyev. Ular nisbatan tarqoq va olis hududlarda joylashgan. Allabergan va Qo‘ziboy ovulllari tuman markazidan 250 km olisda joylashgan. 352 nafar o‘qituvchidan 15 nafari oliy toifali, 27 nafari 1 toifali, 66 nafari 2 toifali hisoblanadi. Tumanga Qiziltepa, Navbahor, Konimex va Buxoro shaharlaridan muallimlar kelib dars berishmoqda. Albatta, ularning qisqa vaqtda ta’siri yaxshigina sezila boshladi. Ta’limda siljish boshlandi. Tumanimiz uzoq ovulda joylashgani bois ko‘p fan o‘qituvchilar yetishmas edi. Endilikda olis hududlar infratuzilmasini ko‘tarishga imtiyozlar berilgach, mutaxassislar o‘zlari kela boshladilar. Ovul odamlarida ham o‘zgarish sezila boshlandi, ta’limga munosabat o‘zgardi. Bu ota-onalarning bolalarining o‘zlashtirishi, tarbiyasi, intilishlarini qo‘llab-quvvatlashida seziladi. Ma’naviyat targ‘ibochisi lavozimi joriy etilgach, ko‘plab ma’naviyatga daxldor kitoblar, manbalarni qozoq tiliga o‘girib amaliyotda foydalanayapmiz. Bu borada tuman ma’naviyat bo‘limi ham asosiy ko‘makchimiz. Men o‘zim ko‘p yillar Ayaqquduq ovulida maktabda rahbarlik qilganman. Bilasizmi ovulda iqtidorli, orzulari osmon o‘g‘il qizlarimiz voyaga yetayapti. Ulardagi iqtidorni aniqlash va qo‘llab quvatlash, ichki iqtidorini ochib, yuksaltira olgan fidoiy insongna fidoiy murabbiy. Hali ta’limda muammo talaygina. Ammo vaqt tezkor, voyaga yetayotgan har bir kelajak vorisining hayotda o‘z o‘rnini topishi, barkamol voyaga yetishiga murabbiy ma’sul. Uzoq Qizilqum bag‘ridagi Tomdi tumani murabbiylari nomidan mamlakatimizning barcha murabbiylarini yangi yil blan qutlayman. Ularning mashaqqatli yumushlarida hamisha omad yor bo‘lsin.
Tomdi tumanidagi 2-tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab internati o‘qituvchisi Sayyora Siddiqova yakunlanayotgan yilda murabbiylar kuni arafsida ko‘p yillik mashaqqatli yumushlarida erishgan yutuqlari uchun “Do‘stlik “ordeni bilan mukofotlandi.
— Tumandagi Abay Balimanov nomidagi xo‘jalik hududida tug‘ilib o‘sganman, — deydi suhbatdoshim. BuxDUning matematika fakultetini tugllab kelgach, o‘zim tug‘ilb o‘sgan ovul maktabida dars berdim. Ish faoliyatimga 38 yildan oshdi, tuman markazida tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘tiladigan maktab ochilgach, bu yerga taklif qilishdi. Bugun dunyo raqamlashmaoqda. Shu paytgacha maktablarda matematika darsliklari o‘quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o‘zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o‘tiladigan mavzulari bilan uyg‘unlashtrilmagan edi. Prezidentimiz aynan matemaika fanini chuqurlashtrib o‘tilishiga tashabbus ko‘rsatdi. Bugun matematika yangilangan innovatsion matematikaga aylangan. O‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadalarda nufuzli o‘rinlar olib yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Matematik olim Shavkat Ayupovga “ O‘zbekiston qahramoni” unvoni berildi. Menga ham kamtarin mehnatimni qadrlab Prezidentimiz “Do‘stlik “ordeni blan mukofotladi. Men bu hurmatdan ruhlanib, yana ham butun qalb amrim bilan dars berishga intilaman.
Sen cho‘llar bag‘rida jonga oromsan, Uchquduq!
Uchquduq haqidagi mashhur qo‘shiqni hammamiz yaxshi bilamiz. 20 asrning mashhur shlyageriga aylangan bu qo‘shiqni Farrux Zokirov boshliq “Yalla” ansambli ijro etganiga yarim asrga yaqin vaqt o‘tmoqda.Go‘zal ijro etilgan bu qo‘shiq xalqimizning sevimli san’at asariga aylangan. Ammo, ko‘pchilik ushbu she’r muallifini bilmaydi, men ham sira o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Qalam zahmatini chekkan ijodkor zoti, his qiladi uning zalvorini. Shu bois kelgusida bu haqda alohida izlanish olib borishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim. Xayollar chuvalashib, mashinada qozoq o‘lanlarini aytib va eshitib, naq 95 kilometrdan keyin Uchquduq shahriga yetib keldik.
Tuman markazi chiroyli shaharga aylanibdi. Shaharchaga kiraverishda ajdar qiyofasidagi ornamental oshxonaga ajablanib qarayman. Yangi qurilgan ko‘l,atrofdagi yangi turar joylar kichik shaharchaga ham “Siti” maqomini bera boshlagan.
“Ayni paytda tumanda 19 maktabda 7820 o‘quvchi tahsil oladi. 815 nafar o‘qituvchilarning 94 nafari oliy, 199 nafari1 toifa, 180 nafari 2 toifali hisoblanadi. Tuman Qizilqum hududida Qoraqalpog‘iston va Buxoro, Qozog‘iston Ruyespublikasi bilan chegaradosh. Tumanning geografik joylashuvini ko‘rib Uchquduqda yashayotgan turli-tuman millat vakillariga tasalli aytasiz. Masalan, Bo‘zauboy ovuli 132, Bo‘ranboy ovuli 135, Uzunquduq ovuli 142, Oltintou ovuli155, nihoyat Avangard ovuli tuman markazidan 220 km olislikda joylashgan. Yashirib nima qilamiz? Ovullarda telefon yaxshi ishlamaydi. Talab esa oshib bormoqda, maktab direktorlari selektr yig‘ilishlari, xalq ta’limi bo‘limining qator majlislariga shaxsan o‘zlari qatnashishi, u soat sayin ro‘y berayotgan yangiliklarni o‘zlashtirishi, borib ovuldagi o‘qituvchilarga ta’limdagi yangiliklarni tushuntirib berishi zarur. Sanoqli bola tahsil oladigan ovuldagi muqaddas dargoh maktabda esa – butun boshli kelajak tahsil olmoqda. Ana shu manzillardan haftaga bir kelib ketadigan maktab rahbariga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q. Men poytaxtdan naq 950 km charchab, abgor ahvolda bundan 5-6 yil avval ko‘rgan Uchquduqdagi muzeyni qidira boshladim. Afsuski, ushbu muzeyni biror taksi haydovchisi aytib berolmadi, aksincha ko‘pchiligining ensasi qotib, menga masxaraomuz qarab qo‘ydi. Bildimki, pul dardi halovatini yo‘qotgan bu kimsalarga gapirishning foydasi yo‘q. Ammo, ularning ma’naviy tarbiyasiga men qalamkash sifatida,o‘qituvchi tarbiyachi sifatida yana kimdir ma’sulmiz.
Uchquduqlik murabbiylarning yakunlanayotgan yilda erishgan yutuqlari chakki emas. Tuman umumta’lim muassalari milliy reytingida bu yil respublikada 5-o‘rinni, viloyatda esa 2 o‘rinni egallagan. Bitiruvchilarning o‘qishga kirishi bo‘yicha esa 2-o‘rinda, chet tillar sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar salmog‘i yuqori bo‘lgan tuman shaharlar orasida 1 o‘rinda. Xalqaro tadqiqotlar talablari asosida o‘quvchilarning o‘qish va matematik savodxonlik darajasi ona tili savodxonligi bo‘yicha hududlar reytingida Uchquduq tumani 4-o‘rinda qayd etilgan.
Prezidentmizning “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora tadbirlarito‘g‘risida”gi 2019-yil 26-nobrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq ta’lim tizimidagi umumt’lim muassasalari” Zamonaviy maktab”larga qo‘yilgan talablar asosida saralab olindi. Uchquduq tumanidagi 9-umummiy o‘rta ta’li maktabi saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 484,5 ball to‘plab 3-darajali ”Zamonaviy maktab” maqomiga sazovor bo‘ldi. 2020-2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini bitirgan 446 nafar o‘quvchilar 267 nafari, ya’ni 60% o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Yakunlanayotgan yilda tumandagi 3-IDUM o‘qituvchisi Olga Lagutina “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
“Yutuqlar bilan to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q, — deydi tuman xalq ta’limi rahbari Jamshid Xalilov, olis ovullarda infratuzilma qiyin. Ammo, o‘qituvchi izlanishi zarur. Tumanimizdagi har bir olis ovulning o‘z tarixi bor. Ularning manzilgohi — Vatani shu yer. Rostdan o‘sha yerdagi maktab o‘sha ovul uchun bilim va ma’naviyat maskani. Yangi zamonaviy maktablarimiz ko‘paymoqda, ammo 1963-, 1964-, 1976-, 1967-yillar qurilgan maktablarimiz ham bor. Endilikda ta’lim mamlaktimizda asosiy siyosatimizga aylanar ekan, maktablarimiz bugungi kun talablariga to‘la javob berishi lozim. O‘qituvchilarimiz soni yangi avlod murabbiylari bilan ko‘paymoqda. Endilikda o‘qituvchi murabbiylik maqomi baland va havas qilarlik siymoga aylanayapti. Shu bois har bir o‘qituvchi shunga mos, zamon talabidan ortda qolmasligi, murabbiylik salohiyatiga xos intellektual bilimga ega bo‘lsagina, ta’lim ravnaqiga erishamiz. Berilayotgan mukofotlar, rag‘batlar bekorga berilmaydiku axir? Ularni ko‘rib murabbiylar ham izlana boshlaydi. Yangi yil bilan poytaxtdan ming km ga yaqin olisdagi Uchquduq tumani o‘qituvchilari nomidan butun O‘zbekiston xalqini, hamkasblarimizni yangi yil bilan tabriklayman, ularning mashaqqatli mehnatlarida omad yor bo‘lsin.”
Ochig‘i yo‘l azobi, go‘r azobi, deb bekorga aytishmagan ekan. Tuman xalq ta’lim boshlig‘ining taklifiga binoan “Avangard” ovuliga borolmadim. Shaxsiy mashinam, yo‘q. Borish ham xarajat. “Avangard”ga borish 220 km, kelish yana 220 km.Men hali 95 km yo‘l yurib Zarafshon shahriga, yana 220 km yo‘l bosib, viloyat markaziga borib olishim kerak. Shu tushkin va charchoq holimda Zarafshonga ketuvchi mashinaga o‘tirdim. Aslida bundan bir necha yil borgan,buyuk tariqat peshvosi Qanarboy ota qadamjosini ziyorat qilmoqchi edim. Ammo, majolim qolmadi.
Mashinada yo‘lovchilar ikki yoshi katta qozoq ayoli. Oldda shofyor yonidagi yo‘lovchi va men. Nimagadir sumkamni ko‘rib hamma menga qaray boshladi.Tishimni tishimga qo‘yib ketib boayapman. Mabodo jurnalistman desam, rostdan ham hamma hozir muammsini aytib meni ezadi. Yaxshisi o‘qituvchiman deb qo‘ya qolay deb o‘yladim. Ammo unda ham qutulmadim. Suhbatdoshim o‘sha 220 km lik olisdagi Avangard ovulidan ekan. Baxtigul opa deb o‘zini tanishtirgan suhbatdoshim bundan 28 yil avval Toshkentdagi moliya texnikumini tugallab,ovulga qaytgach murabbiy yetishmasligidan qozoq tilli maktabda, boshlang‘ich ta’limdan dars bera boshlaydi. Nihoyat, opa sirtqi ta’limda oliy pedagogik bilim olish niyatida ekan. Siz o‘qimishliroq odam ekansiz, men shu yoshimda o‘qisam bo‘ladimi, deydi menga savolomuz. Nihoyat men ham yorildim. Opa dedim mo‘ltirab, men jurnalistman. Ammo sohamdan ko‘nglim sovub yuribdi, dedim tushkin kayfiyatda. Sizning “Avangard” ovulingizga borolmay qaytib ketayapman. Boisi jurnlistga fuqaro qancha dardini aytsa, rahbarlar jurnalistga shunchalik yomon qaraydiki, asabiylashib o‘zingizni o‘zingiz yeyverasiz. Qissadan hissa shuki, 28 yillik ish stajiga ega o‘qituvchini imtihon bilan sirtqi bo‘limga qabul qilishimiz o‘zi uyat. Qolaversa, opaning Toshkentga Nizomiy nomidagi pedagogika institutiga o‘qishga qatnashga moliyaviy sharoiti ko‘tararmikan? Agar Navoiy viloyatida hozirda 60 mingga yaqin qozoq millatiga mansub fuqaro yashashini, ovullarda qozoq tili va adabiyoti fanidan mutaxassis yetishmasligini inobatga olsak, Navoiy pedagogika institutida sirtqiga, qozoq tili va adabiyoti fanidan o‘rin ajratilsa,hali murabbiylik kasbini davom etirish ilinjida, qalbini murabbiylikka bag‘ishlagan yuzlab minglab insonlarning orzulari amalga oshar edi! Biz esa katta minbarlardan inson qadri, deya bong urib yotibmiz. Bu borada oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir jo‘yali fikr bildirsa yaxshi bo‘lar edi.
Navoiy nomiga munosib bo‘laylik
Yakunlanayotgan yilda Navoiy viloyati, Navoiy shahri respublikamizda milliy reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Ayni paytda Navoiy shahrida 20 ta umumta’lim muassasalari mavjud bo‘lib,ularda tahsil olayotgan 33358 nafar o‘quvchilarga jami 2676 nafar pedagog xodimlar ta’lim berayapti.
2020-2021-o‘quv yilida umumta’lim maktabini 2204 nafar 11-sinf, 2704 nafar 9-sinf o‘quvchilari tamomlashdi.Bu o‘quvchilarning 66 nafari oltin, 4 nafari kumush medal hamda 144 nafari a’lo darajali shahodatnoma bilan tugallashdi.
Erishilgan yutuqlarimiz bilan avvalo maqtanishiimiz shart emas, — deydi shahar xalq ta’limi mudiri Ra’no Hayitova, endilikda bu reytingni qo‘ldan bermaslik, yanayam yangi marralarni kashf etish kerak. O‘qituvchilarimizning 366 nafari oliy toifali,1 malakalisi 660 nafar,2 malakalisi esa 714 nafarni tashkil etadi. Bizda ham muammolar bor. Masalan, o‘quvchilar soni ko‘p va u yana ham ko‘payaveradi. Shahar hududlarida informatsiya ko‘pligidan bola charchab qoladi. Biz unga kerakli informatsiyani berib, intellektini to‘g‘ri shakllantira olishimiz kerak. Albatta, fidoiy o‘qituvchilarimiz bizning faxrimiz. Shaharda 10 ta AXChIUIM, 10 ta ixtisoslashgangan tayanch, 10 ta umumta’lim maktabi mavjud. 11-umuta’lim maktabi o‘qituvchisi Zebo Ro‘zimuroda, 15-maktab o‘qituvchisi Oysafar Rajabova, 2-maktab o‘qituvchisi Yoqub Sattorov, 4-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yuriy Rustamov ishlari ommalashtirlgan. 8-umumta’lim maktabida yapon tili, 5-umumta’lim maktabida xitoy tili chuqur o‘qitiladi. Yoshlarni harbiy chaqiriqqa tayyorlash fanini o‘qitishda ixtisoslashuv jarayoni ketayapti. Yangi yildan yangi rejalarimiz ko‘p. Asosiysi, chet tili o‘qituvchilarini xalqaro sertifikatlarini 1 darajaga olib chiqish, xalqaro olimpiadaga chiquvchilar sonini ko‘paytirish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ilmiy ishlarga innovatsiyalarga qo‘l urgan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvvatlash va hokazo. Eng quvonganimiz bizni Prezidentimizning o‘zi qo‘llab-quvvatlayapti. Bu bizga ilhom va ishtiyoq berayapti. Buyuk shoir Alisher Navoiy nomidagi shahar o‘tgan asarning 60-70-yillarida qurilgan. Bu yerda turli millat vakillari ahil va inoq yashashib,umrguzaronlik qilmoqda. Bizga ularning farzandlariga ta’lim va tarbiya berish ma’suliyati yuklatilgan ekan, rostdanda biz ulug‘ shoirimiz nomiga munosib bo‘lishimiz shart.”
Navoiydan uzoq yo‘l bosib, azim Toshkentga yetib keldim. Safarda qiynalganlarim, bepoyon Qizilqum cho‘lida soquvda qolganim, Uchquduq tomonlarda yotish uchun arzon mehmonxona izlaganlarim, esimdan chiqmay yo‘l azobidan ikki uch kun horg‘in yurdim va nihoyat tezkor poytaxt hayotiga ko‘milib ketdim. Anglab yetgan haqiqatlarimni kundaligimga qayd etdim. Shoir nomiga munosib bo‘lish qalamkash sifatida menga ham shart. Otam shofyor bo‘lib kezgan bepoyon Qizilqum cho‘llari muqaddas, uning uzoq-uzoq ovullarida inson ovozi yangrayapti. Ularning orzulari baland farzanlari yashaydigan olis-olislardagi ovullarda hazrati inson ovozi, baralla yangrab tursin. Barchangizga yangi yilda omonlik va baxt tilayman, mening Qizilqum cho‘lidagi aziz qahramonlarim!
O‘ljaboy Qarshiyev
Toshkent Navoiy-Tomdi-Uchquduq-Toshkent