Oromgohda “Fuqaro muhofazasi” kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi
Oromgohda “ Fuqaro muhofazasi ” kuni tadbiri bo ‘ lib o ‘ tdi
Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga u yerda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari ham muhim vazifa hisoblanadi.
Shu boisdan joriy yilning 22-iyun kuni Vobkent tumani Favqulodda vaziyatlar hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Porloq kelajak” bolalar yozgi dam olish oromgohida ko‘rgazmali “Fuqaro muhofazasi” kuni tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga cho‘milish havzalarida fuqaro cho‘kish davomida uni qutqarib, birinchi yordam ko‘rsatish harakatlari ko‘rsatb o‘tildi.
Yakunda o‘quvchilar yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari bilan yaqindan tanishdilar.
Yusuf NASULLAYEV,
Vobkent tumani ichki ishlar bo‘limi
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi
voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha
inspektor-psixolog, leytenant