Taassurotlarga boy seminar-trening
Seminarni tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti N.Ro‘ziqulova ochdi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Kerakli tavsiyalar asosida o‘qituvchilar guruhlarga bo‘lindi.
Sem i nar-treningni 135-maktabning boshlang‘ich ta’lim fan i o‘qituvchilari Dildora Nosirova va Dilbar Dadamirzayeva olib bordi . Trening qatnashchilariga PIRLS о‘qish savodxonligi , yozma til birliklarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish haqida ma’lumotlar ber il di.
Mashg‘ulot amaliy tarzda o‘tkazildi. Unda turli tarqatmalardan va “Aqliy hujum” , “Mozaika” , “So ‘ z top”, “Moslashtiruv” , “Yosh musavvir” metodlari va texnologiyalar i dan u n umli foydalani ldi. Qatnashchilarga bilim, malaka va ko ‘ nikmalar i ni amaliyotda qo ‘ llashlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Dildora NOSIROVA,
shu maktabning
boshlang ‘ ich ta’lim fan i o ‘ qituvchi si