Pedagog “zakovat”i
Pedagog “ zakovat ”i
Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida qishki ta’til davrida o‘qituvchi va muhandis-pedagoglar o‘rtasida "Zakovat" intelektual shou bo‘lib o‘tdi. Intelektual shouda Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasidan O‘.Meliqulov va E.Babayarovlar ishtirok etdi.
Tadbirda "To‘fon" jamoasi 1-o‘rin, "Bilimdonlar" jamoasi 2-o‘rin, "Zukkolar" jamoasi 3-o‘rinni egalladilar va g‘olib jamoa munosib taqdirlandilar.
Bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 36-maktab ta’til bo‘lishiga qaramay o‘quvchilariga onlayn tarzda mashg‘ulot uchun metodlar tavsiya etilgan. Ta’lim muassasalarida “Sportchilar”, “Bilimdon”, “Yosh kitobxonlar” to‘garaklari muntazam ish olib boradi.
Zilola RIXSIYEVA ,
36 - maktabning b oshlang‘ich sinf o‘qituvchi