Pedagoglar attestatsiyada qanday natija ko‘rsatishdi?
Pedagoglar attestatsiyada qanday natija ko‘rsatishdi?
2021-yilda o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasiga jami 175 ming 18 nafar pedagog jalb qilingan bo‘lib, shulardan:
2 237 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlari,
168 928 nafari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari,
3 094 nafari o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari,
759 nafari maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglaridir.
2021-yilda attestatsiyadan o‘tadigan pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ma’lumotlar elektron bazasiga kiritildi. (Qo‘shimcha ma’lumot: mazkur bazaga uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan 600 mingga yaqin pedagog kadrlar haqidagi ma’lumotlar va attestatsiya natijalari kiritilgan).
Oliy, birinchi malaka toifalari hamda bosh va yetakchi o‘qituvchi lavozimlari, shuningdek, Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar uchun malaka (test) sinovlari joriy yilning mart-may oylarida Davlat inspeksiyasi tomonidan real vaqt rejimida, onlayn tarzda, barcha qulayliklar yaratilgan, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan oliy ta’lim muassasalari va Davlat inspeksiyasining binolarida o‘tkazildi.
Malaka (test) sinovlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 161 ming 400 nafar pedagogdan 155 ming 134 nafari qatnashib, davomat 96,1 foizni tashkil qildi. Shu-ningdek, ta’lim tashkilotlarining 9 595 nafar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy shaklda tashkil qilingan malaka sinovlarida 9 016 nafar o‘qituvchi ishtirok etib, davomat 93,9 foizni tashkil qildi.
Malaka (test) sinovlari natijalari ta’lim turlari bo‘yicha tahlil qilinganida quyidagi holat kuzatildi:
Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga talabgor pedagoglar uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 158 ming 496 nafar pedagogdan 153 ming 524 nafari ishtirok etib, davomat 96,8% foizni tashkil qildi.
Test sinovlarida 4 972 (3,2 foiz) nafar pedagog turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmadi, shuningdek, 284 nafar pedagog o‘rnatilgan tartibni buzganligi (taqiqlangan manbalardan yoki telefondan foydalanish, o‘rniga boshqa odam kirishi kabi holatlar) uchun test jarayonlaridan chetlatildi.
Malaka (test) sinovlari natijalarining tahlillariga ko‘ra, pedagoglarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 58,7 balni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2020-yilgi 55,9 balga nasbatan +2,8 balga oshganligi kuzatildi.
Pedagoglarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xorazm (o‘rtacha 64,2 ball), Buxoro (o‘rtacha 63,2 ball) va Navoiy (o‘rtacha 61,5 ball) viloyatlari boshqa hududlarga nisbatan yuqori natijalarni qayd etishdi.
Surxondaryo (o‘rtacha 55,3 ball), Qashqadaryo (o‘rtacha 55,0 ball) va Toshkent (o‘rtacha 54,8 ball) viloyatlari boshqa hududlarga nisbatan past natija ko‘rsatdi.
Pedagog kadrlar qayd etgan natijalar o‘tgan 2020-yilga nisbatan taqqoslab o‘rganilganda barcha hududlarda natijalarning oshganligi kuzatildi (1-jadval).
Surxondaryo (55,3 ball), Qashqadaryo (55, 0 ball) va Toshkent (o‘rtacha 54,8 ball) viloyatlari o‘rtacha ko‘rsatkichlari bo‘yicha so‘nggi ikki yilda ham Respublikada oxirgi o‘rinlarda bo‘lishi ushbu viloyatlarda pedagoglarning o‘z ustida ishlashi va malakasini oshirishlariga yetarli e’tibor qaratilmayotganidan dalolat bermoqda.
Test sinovlarida ishtirok etgan pedagog kadrlar ko ‘ rsatkichlarini 100 ballik reyting tizimi asosida tahlil qilinganda , ishtirok
etgan 153 ming 524 nafar pedagog shunday natija ko ‘ rsatdi :
86 – 100 ball (a’lo) — 5813 (3,8%) nafar;
71 – 85 ball (yaxshi) — 31316 (20,4%) nafar;
55 – 70 ball (qoniqarli) — 57975 (37,8%) nafar;
55 balldan past (qoniqarsiz) — 58 420 (38,1%) nafar.
Test sinovlarida ishtirok etganlardan 58 ming 420 (38,1%) nafari 55 baldan past ball to‘plab “QONIQARSIZ” natija qayd etganligini tashvishli holat sifatida qabul qilishimiz kerak.
Bu holat hududlar kesimida tahlil qilinganida Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari pedagoglari orasida 55 baldan past ball to‘plaganlar salmog‘i yuqori ekanligi tashvishli.
O‘quv fanlari bo‘yicha o‘rtacha ballar 2020-yilga nisbatan taqqoslab o‘rganilganda rus tili va adabiyoti(rus)dan o‘r- tacha 66,5 ball (2020-yilga nisbatan -1,7 ball), matematikadan 55,7 ball (-5,4 ball), ingliz tilidan 54,4 ball (-1,6 ball) past ko‘rsatkichlar kuzatildi. Qolgan fanlardan esa natijalar oshganini ko ‘ rish mumkin .
Attestatsiya jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish, shubhasiz, pedagog kadrlarning o‘quv fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi va kasb mahoratining oshirilishiga, ularning malaka toifalari uchun haq to‘lash miqdorini oshirish orqali moddiy sharoitlarini yaxshilashga hamda o‘z-o‘zidan ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Safarali HAMROYEV,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig ‘ i