Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar festivali
Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar festivali
Jamiyat taraqqiyotida bugungi o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intelektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Xususan, yoshlar fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, adabiyot, texnologiya va boshqa sohalarda o‘zining iqtidori va iste’dodini namoyon etib, el orasida dong taratmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi maqsadida joriy etilgan besh muhim tashabbus bolalarning orzu-istaklarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Yashnobod tumanidagi 198-maktabda besh muhim tashabbus ijrosi yuzasidan “Tashabbus — bizning maktabda” shiori ostida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivali bo‘lib o‘tdi. Unda tuman xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sho‘ba rahbari Marhabo Ahmedova, tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quv ishlari bo‘yicha sho‘ba rahbari Margarita Xudoyberganova, Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari Saida Mirsamikova, ota-onalar hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi. Mehmonlar maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbir qatnashchilari ushbu festival yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish maqsadida tashkil etilganiga amin bo‘ldi. O‘quvchilar respublikamizdagi barcha viloyatlarning urf-odatlari va an’analarini to‘laqonli ko‘rsatib berishga harakat qildi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sho‘ba rahbari Marhabo Ahmedova festival a’lo darajada tashkillashtirilganligini e’tirof etdi. Maktab ma’muriyati va direktori Nargiz Muhammedovaga minnatdorlik bildirildi.
Azim AXTAMOV