Qalbimizda yashaysiz mangu!
Toshkent shahridagi 4- ixtisoslashtirilgan davlat umumta ’ lim maktab - internati da 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 3-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qalbimizda yashaysiz mangu!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda maktab-i nternati direktori Gavhar Daminova, va mazkur ta’lim dargohining o‘qituvchi va murabbiylari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan Vatan haqidagi qo‘shiq har bir qalbni his-hayajonga solishi barobarida ishtirokchilarni ko‘ziga yosh olishlariga sabab bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilarning askar libosidagi ishtiroki esa jang maydonlariga halok bo‘lgan vatandoshlarimiz ruhini ga hurmat va ehtiromining asl namunasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
— Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida mard va jasurlik bilan o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, ozodligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi yo‘lida kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlandi, — deydi maktab -internatining 3-“v” sinf o‘qituvchisi Maktuba Azamatova. — Xotira va qadrlash tushunchasi keng va o ‘ ta chuqur ma ’ noga ega . Ushbu kunda fashizmga qarshi jangda qatnashgan , o ‘ z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan o ‘ zbek va boshqa millat o ‘ g ‘ lonlari , ota - bobolarimiz , shuningdek , To ‘ maris , Shiroq , Spitamen , Jaloliddin Manguberdi , Nadjmiddin Kubro kabi qahramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan ozodlik uchun kurashgan Qodiriy , Behbudiy , Munavvarqori , Cho ‘ lpon , Avloniy , Fitrat , Usmon Nosir kabi shoir va yozuvchilar , ma ’ rifat peshvolarining ruhini shod etib eslash har birimiz uchun ham qarz , ham farzdir . Iikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaymiz va buni pedagog sifatida unib-o‘sib kelayotgan yoshlar ongida singdirishda sidqidildan harakat qilmoqdamiz. Ona Vatan ozodligi va hurligi uchun kurashgan qahramonlar yodi qalbimizda mangu yashaydi!
Darhaqiqat, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yengib o‘tgan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham mazkur bayramni butun respublika miqyosida ko‘tarinki ruhda nishonlashga ham alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.
Tadbirning badiiy qismida o‘quvchilar tomonidan aytilgan qalblarni zabt etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda go‘zal va dilbar raqslar o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Feruza XUDOYQULOVA