Qaysi maktab xorijiy tillarni yaxshi o‘qitadi?
Umumiy o‘rta ta’lim
5 / 03 / 2022
Qaysi maktab xorijiy tillarni yaxshi o‘qitadi?
Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda tumandagi 40 ta maktabdan 5 nafardan jami 200 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Sinovlarni o‘tkazish uchun Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan barcha sharoitlar yaratildi. Tanlov yuqori saviyada o‘tdi.
Unda Toshkent shahar xalq ta’lim bosh boshqarmasi Metodik xizmat bo‘limi metodisti Nazira Matlatipova va tuman hokimligi vakillari ishtirok etdilar.