Qisqa muddatli kurslar nima uchun kerak?
BOS H LANG ‘ IC H TA’LIM: O ‘ QITUVC H ILARNING KASBIY EHTIY O JLARINI O ‘ RGANIS H VA ULARNING Y E C H IMLAR
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan avlodni intelektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tinglovchilarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan.
Qisqa muddatli kurslar nima uchun kerak ? Ularning maqsadlari nimaga yo‘naltirilgan?
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinayapti, o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyoji talab dar a jasida bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘zi harakat qilishi kerak. Ta’lim tizimida xalqaro baholash (PIRLS, PISA, TIMSS, EGMA, EGRA) tadqiqotlariga tayyorgarlik, milliy dasturimizni faoliyatimizda tatbiq etish, SCIENCE fanini o‘qitish metodikasini o‘rganish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini qanday kompetensiyalarga tayyorlash kerakligi tinglovchilarning talabidan kelib chiqib, markazimiz tomonidan qisqa muddatli kurslar tashkil etildi. Qisqa muddatli kurslarimizning maqsadi innovasion ta’lim jarayoniga o‘tish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyor bo‘lish, savodxonlikni oshirishimiz, ilmiy-tadqiot ishlari bilan shug‘ullanish, STEAM pedagogikasi asoslarini va boshqa yangi kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini yaratishdan iboratdir.
Aynan qisqa muddatli kurslarning yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadlari ham aniq ko‘rsatilgan. Masalan, “BOSHLANGICH TALIMDA STEAM YONDASHUV” kursining maqsadi o‘qituvchi loyiha turlari, ularning tavsifi va afzalliklari; loyihani rejalashtirish bosqichlari; loyihali darsni muvaffaqiyatli boshqarishni; tadqiqotchilik malakasini egallashi; pedagogik faoliyatidagi oʻziga xoslik hamda yaratuvchanlikni namoyon etishi; yangi axborot bilan ishlashi, uni tahlil qilishi va amalda qoʻllashi; yangi gʻoyalarni rivojlantirishi, qoʻllashi va ularni boshqalarga yetkazishi, tarqatishi; yangi va istiqbolli dasturlarga tayyorlik, ochiqlik xususiyatini shakllantirishi; kreativ, tanqidiy, muammoli fikr yuritishi, qarorlar qabul qilishi kabilarni o‘zlashtirishadi.
“ILMIY-METODIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH” kursida esa tinglov chilarining kasbiy faoliyatlari davomida ilmiy-metodik faoliyatini takomillashtirish , maqola yozish qoidalari va ularga qo‘yilgan zamonaviy talablar o‘rgatil i ladi, ya’ni o‘qituvchi kasbiy faoliyatda o‘zlikni anglash uchun ilmiy va uslubiy ishlar va uni egallashning zarurligi, yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilishi maqsad sifatida olingan. Ushbu kursning dastur ida tadqiqot sohasidagi shart - sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan ta h lil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni ta h lil etish va umumlashtirish, ilmiy faoliyat mazmuni yangi bilimlarni ishlab chiqish obyektivlik, ishonchlilik, ani q lik , bahs etilayotgan masalani isbotlashi , ilmiy faoliyatlar uchun mavzuni belgilash, mavjud axborotni, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish jarayon larini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
“HUSNIXAT MALAKASINI SHAKLANTIRISH TEXNOLOGIYASI” kursining davomida tinglovchilariga chiroyli yozish ko‘nikmasini shakllantish uchun zarur bo‘lgan ilmiy va amaliy ma’lumotlar berib, ijodiy topshiriqlar tayyorlash bo‘yicha salohiyatlarini rivojlantirishdan iborat. T inglovchilarida o‘zbek tilining fonetikasi, leksikologiya va grammatikasidan fikirni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar ; bolalarda ijodiy fikrni, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash uchun zarir bo‘lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish; o‘zbek tilining imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarning ishltilash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni singdirish; o lingan axborotlarni tahlil qilish, ulardan yangi ma’lumotlarni hosil qila olish orqali o‘qituvchilarda kompetenlikni shakllantirish dir.
“PIRLS TADQIQOTI UCHUN TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH VA ULAR USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI” kursining maqsadi boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ta’lim oluvchilar matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlash va baholash uchun zarur boʻlgan ilmiy va amaliy ma’lumotlar berib, didaktik topshiriqlar tayyorlash boʻyicha salohiyatlarini rivojlantirishdan iboratvir. Shu bilan birga kursni tugatgan tinglovchi oʻquvchilarda matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlash va baholash metodlarini bilishi va qoʻllay olishi; adabiy kitobxonlik malakasini egallashi; pedagogik faoliyatidagi oʻziga xoslik hamda yaratuvchanlikni namoyon etishi; yangi axborot bilan ishlashi, uni tahlil qilishi va amalda qoʻllashi; yangi gʻoyalarni rivojlantirishi, qoʻllashi va ularni boshqalarga yetkazishi, tarqatishi; yangi va istiqbolli dasturlarga tayyorlik, ochiqlik xususiyatini shakllantirishi; kreativ, tanqidiy, muammoli fikr yuritishi, qarorlar qabul qilishi; ilgʻor pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatida foydalanishi, oʻqish savodxonligi yuzasidan oʻquvchilarning bilim, koʻnikma, malakalarini baholashi va nazorat topshiriqlarini tuzishi; zamonaviy talablar asosida dars ishlanmasini ishlab chiqishi; darslarni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish va oʻtkazish kompetensiyalariga ega boʻlishi lozim.
Kafedra tomonidan esa har oyda bir marta EGMA va EGRA xalqaro dasturlari bo‘yicha ham mahorat darslari tashkil etiladi. Mahorat darsida 100 ga yaqin tinglovchilar ushbu dasturlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar olishadi.
Pedagoglar har yili bir marta malaka oshirishga majbur, lekin qaysi shaklda o‘qish o‘qituvchining o‘zi tanlash huquqiga ega. Malaka oshirish bilan birgalikda o‘qituvchilar markaz tomonidan tashkil qilingan qisqa muddatli kurslarda kasbiy ehtiyojini ham boyitib borish, kasbiy faoliyatini rivojlantirishlari mumkin. Qisqa muddatli kurslar umumta’lim maktabi o‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Muxtasar qilib aytganda, Pedagog har doim izlanishda bo‘lishi, o‘quvchiga berayotgan ta’limi zamon talabiga javob berishi kerak.
Maktabgacha, boshlang ‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedra mudiri Rahimqulova Mahbuba Bahronovna .
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyoralsh va ularning malakasini oshirish hududiy markazi axborot xizmati.