Qoʻli gul yoshlarni tarbiyalash - maqsadimiz!
Qoʻli gul yoshlarni tarbiyalash - maqsadimiz!
Oʻquvchilarning kasb-hunarga oʻrgatish, ayniqsa, qizlarga pazandalik va tikuvchilik dizayni sirlarini oʻqitish ahamiyatlidir. Yillar davomida mana shu maqsadda ishlab kelayapmiz. Mehnatlar samarasi oʻlaroq 2016-yilda texnologiya fanidan oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi ”koʻrik-tanlovida qatnashib tumanda 1-oʻrinni egallab, shahar bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladim.
2019-yildan boshlab Shayxontoxur tumanida texnologiya fanidan Metodist oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritmoqdaman.
Hozirgi kunda Respublika taʼlim markazida texnologiya fanidan IMK aʼzosi, 4-5-sinflarda ekspert taqrizchi, 6-sinf texnologiya fanidan oʻqituvchilar uchun qoʻllanmasida ekspert taqrizchi sifatida faoliyat olib bormoqdaman.
Aytishim mumkinki, joriy yil 8-sinf oʻquvchilari uchun “Tungi yoritgich yasash” mavzusida tuman va shahar miqyosida ommalashtirish uchun namunali dars ishlanma tayyorlab ochiq dars tashkil etdim. Va ushbu mashgʻulot respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etildi. Muhimi, bolalarning qoʻli gul boʻlishi, kelajakda ask qotadigan hunarlarni yoshlikdan oʻrganishiga hissa qoʻshishdir.
Nilufar AGZAMOVA,
Shayxontoxur tumanidagi 276-IDUMning
texnologiya fani oʻqituvchisi