Qo‘shiq bo‘lib qaytaman
Qo‘shiq bo‘lib qaytaman
O‘z davrining zabardast shoirlaridan bo‘lgan Muhammad Yusufning ijodi necha yillar o'tsa ham har birimizning qalbimizga kuyga solingan she’rlari bilan kirib boraveradi. Shoir hayot bo‘lganida bugun 68 yoshni qarshilab, minbarlarda she’r o‘qib hammani o‘ziga qaratib turgan bo‘lar edi.
Yaqinda Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab internatida sevimli shoir tavulludiga bag‘ishlab “Qo‘shiq bo‘lib qaytaman” nomli tadbir dasturi o‘tkazildi. Dasturni maktab direktori, polkovnik To‘rayev ochib berdi.
Tadbir davomida 5–9-sinf o‘quvchilari tomonidan Muhammad Yusuf ijodidan namunalar she’r va qo‘shiq shaklida namoyish etildi. Jumladan, 6-sinf o‘quvchisi Asliddin Mirg‘oziyev Abdulla Oripovning Muhammad Yusuf haqidagi monologini ijro etib, butun zalning olqishiga sazovor bo'ldi. Bayram dasturida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Umida Rasulova ham ishtirok etib, o'zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.
Dastur so‘ngida tadbir tashkilotchilariga, xususan, ona tili va dabiyot fani o‘qituvchisi Donoxon Masharipovaga tomoshabinlar tomonidan minnatdorchilik bildirildi.