“Qurilishga sayohat” o‘yini
Matematika darslarida o‘quvchi faolligini oshirish uchun “Qurilishga sayohat” o‘yini qo‘llaniladi. Bu o‘yin ikkinchi sinfda 1000 soni ichidagi to‘rt amal o‘rganilgandan so‘ng mustahkamlash bosqichida o‘tkazilishi mumkin.
O‘yin uchun qalin qog‘ozdan yasalgan uy poydevoridan tortib, to‘liq tayyor bo‘lguniga qadar jarayonni aks ettiruvchi tasvir va besh bosqich uchun kartochkaga topshiriq tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘yin sharti bilan tanishtiradi.
Uy yonidan yengil mashina orqali o‘tish uchun o‘yinchoq yoki rasm qo‘yiladi.
O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi (uch qator parta uch guruh deb o‘rgatiladi). Har bir guruhdan bir o‘quvchi chiqib, rasm orqasiga yopishtirib qo‘yilgan topshiriqni o‘qiydi.
1. Misolni doskada ishlashadi:
1-guruh: 19–x=2
2-guruh: x–2=8
3-guruh: 34–x=10
Besh nafar o‘quvchi tenglamani yechib bo‘lgandan keyin uyning poydevori “quriladi”. Bir o‘quvchi chiqib mashinani 2-uyning tagiga surib qo‘yadi. Yana uch o‘quvchi (har bir guruhdan bir nafar) chiqib savolni olib o‘qiydi va mashina uyning tagiga suriladi.
2. Misollarni yeching:
1-guruh: 328 + 687 = 435
2-guruh: 219 + 164 + 421
3-guruh: 213 + 784-428
Mashina yana yurishda davom etadi. U 4-uyning yarmida to‘xtatilib, topshiriqdagi savol o‘qiladi.
4. Magnit doskaga misollar yozilgan ko‘rgazmali qurol yopishtirilgan bo‘ladi. Har bir qatordan bir nafar o‘quvchi chiqib javobini aytishi lozim. Javobdan so‘ng mashina suriladi.
1-guruh: 420 + 50 - 100 = 370
2-guruh: 350 + 50 - 40 = 360
3-guruh: 700 + 50 - 50 = 700
Shu tariqa uyning poydevoridan boshlab to bitguniga qadar aqliy mehnat qilinadi. Uycha tayyor bo‘ladi. Sinf sharoitiga qarab masala, misollar o‘zgarib turishi mumkin.
Nargiza TO‘XTAYEVA,
Toshkent shahridagi 198-maktab o‘qituvchisi