“SO‘NGGI QO‘NG‘ROQ” — MUSTAQIL HAYOTGA CHORLOV
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 05 / 2023

Nurafshon shahridagi 48-maktabni 121 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ularning 1 nafari maktabni oltin va 6 nafari a'lo darajali shahodatnoma bilan tugatdi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar chuqur bilim va yuksak ma'anaviyatga ega, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalab, kamolga yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda.
Tadbirda bir guruh a'lochi bitiruvchilar va namunali ota-onalar rag‘batlantirildi.
Maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri oʻquvchilar qalbida katta taassurot qoldirdi.
Muhabbat HASANOVA,
Nurafshon shahridagi 48-maktab direktori