STEAM TA’LIM TIZIMI ASOSIDA
Bugun ta’lim sifatini oshirish uchun, eng avvalo, kreativ fikrlaydigan, o‘z mutaxasisligi bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lgan va bu bilimlarni o‘quvchilarning ongiga singdirishda eng ilg‘or pedagogik metodlardan samarali foydalana oladigan kadrlarga talab yuqori. Respublika ta’lim markazi tomonidan Janubiy Koreyalik mutaxasislarni jalb etgan holda pedagoglarni STEAM bo‘yicha o‘qitilishi biz o‘qituvchilarni o‘z mutaxasislik fanlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar, metodikalarni o‘rganishimizga xizmat qildi. Ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan darslarda tabiatshunoslik, geologiya, boshlang‘ich ta’lim, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, sun’iy intelekt, tabiiy fanlarni o‘qtishda STEAM dan foydalanish bo‘yicha bir qancha metodik tavsiyalarga ega bo‘ldik.
Bunda bizga Janubiy Koreyadan kelgan mutaxasislar o‘zlarini tajribalaralaridan kelib chiqib maxorat darslarini o‘tib berishdi.
Ulardan o‘rganganlarimiz asosida ta’lim maskanimizda STEAM ga asoslangan darslarni tashkil etdik. Bunda o‘quvchilar kimyo biologiya, geografiya va tabiiy fanlar bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotga bog‘ladilar. Ushbu darslar o‘quvchilar tomonidan juda katta qiziqish bilan tinglandi, har bir topshiriqlarni maroq bilan bajarishdi.
Respublika ta’lim markazi direktori Sh.Sattorov, aniq va tabiiy fanlar bo‘limi rahbari Z.Sangirova Koreyalik mutaxasislar Park Minju, Lee Hyewon, Kim Bonggyu, va darslarni maxorat bilan tarjima qilib bergan Javlon Meliboyevga maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab rahbariyati va o‘qituvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Davlatimiz tomonidan bizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan holda bo‘lajak fan olimlari, chempionlar, xalqaro fan olimpiada g‘oliblarini tayyorlashga bor kuch va bilimimiz bilan xarakat qilamiz.
Gulira’no Sohibnazarova,
Go‘zalxon Botirova,
Nigora Tadjiboyeva,
Umida Sodiqova,
Yunusobod tumani MMTV tasarrufidagi
tabiiy fanlarga ixsisoslashtirilgan maktabi o'qituvchilari