STRESS nima
Umumiy o‘rta ta’lim
10 / 11 / 2022
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Xalq ta'lim bo'limiga qarashi umumta'lim maktab psixologlarini pedagogik jamoada ishlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining amaliyotchi psixologi Dilfuza Batirbekova tomonidan "O'qituvchilarda kasbiy stres va emotsional so'nish holatlarini bartaraf etish" mavzusida seminar trening mashg'uloti o'tkazildi. Mashg'ulotda STRESS nima?, uning kelib chiqish sabablari, salbiy hamda ijobiy tomonlari to'g'risida fikr almashinib ushbu holatdan chiqib ketish bo'yicha pedagog hamda psixologlarga tavsiyalar berildi.