San’atga oshuftalik
San’atga oshuftalik
Bektemir tumanidagi 290-maktabda yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Amaliy fanlar” metod birlashma fan oyligi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan besh tashabbus doirasida o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan barchani mamnun etdi.
Bu tadbirdan maqsad yoshlarimiznimg ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iborat edi. Bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
Dilnoza AHMEDOVA,
290-maktabning ijodiy-madaniy ishlari bo‘yicha targ‘ibotchisi