“Sayohat taassurotlari"
“ Sayohat taassurotlari"
Bo‘stonliq tumani dagi 20- maktabning 3 b - sinf o‘quvchilari poytaxtimizdagi " Amir Temur " muzeyiga tashrif buyurishdi . Muzey xodimasi G.Ismoilova o‘quvchilarni birinchi qavatdan boshlab tanishtirib, buyuk sarkarda bobomiz haqida ma’lumotlar berdi. Bolalar bobomiz yashagan yillar va yo‘llar, shu davrga xos ishlangan miniatyura rasmlari, 16-asrga xos tilla tangalari, qozon va boshqa sopol buyumlar haqida bilib olishdi.
O‘quvchilar ikkinchi qavatda muzeyning naqadar jozibadorligini tomosha qilishdi. A.Temurning sulolasi haqida keng ma’lumot olishdi. Ular muzeyda aylanib yurgan chet ellik mehmonlarni ham ko‘rib, shunday o‘tmishimiz, tariximiz, bobomiz borligidan faxrlanishdi. O‘quvchilar muzeydan bir olam taassurot olib qaytishdi.
Navbatdagi darsda esa “Sayohat taassurotlari" mavzusida insho yozishdi. Sayohat o‘quvchilarning dunyoqarashini oshiribgina qo‘ymay, ularning fikrlash qobiliyatini ham o‘stirdi, deydi sinf rahbari Shoista Bobojonova.