Sayyohlik salohiyati taqdimoti
O‘zbekistonda Ozarbayjonning sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Toshkentdagi "Wyndham" mehmonxonasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi O‘zarbayjon Madaniyat Markazi va "Prestige Travel" - O‘zbekistan turoperatori komagida Ozarbayjonning sayyohlik salohiyati taqdimoti bolib otdi.
O‘zbekistonda "Prestige Travel" turoperatori kengaytirildi va hozirda Ozarbayjonda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa mamlakatlar o‘rtasida turistik aloqalarni yanada kengaytirishga imkon yaratadi.
Tadbirda ko‘plab mehmonlar, sayyohlik kompaniyalari, turli mehmonxona va sanatoriylar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Dastlab ishtirokchilarga "Olovlar o‘lkasiga sayohat" fotoko‘rgazmasi, shuningdek, Ozarbayjon milliy madaniyatining svenirlari korgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazmada Ozarbayjonning tabiati va sayyohlik imkoniyatlari fotosuratlari namoyish etildi.
Ozarbayjonda faoliyat yuritayotgan "Prestige Travel" sayyohlik kompaniyasi direktori Sabina Mammadova Ozarbayjonning sayyohlik imkoniyatlari haqida ma'ruza qildi. U o‘z nutqida songgi yillarda O‘zbek sayyohlarining Ozarbayjonga qiziqishi ortib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasida havo qatnovining kopayishi, Bokudan Toshkentga parvozlarning kopayishi, tarixiy Samarqand shahriga parvozlarning ochilishi turizm rivojiga ta'sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi.
Sabina Mammadova ta'kidlaganidek, taqdimot marosimidan kozlangan asosiy maqsad ozbekistonlik turizm ixlosmandlarini Ozarbayjon, poytaxti Boku hamda hududlardagi dam olish maskanlarining sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat. U Ozarbayjonning Naftalan, Lenkoran, Sheki va Shahdag, Gusar kabi hududlaridagi turistik majmualar, ularda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va Ozarbayjon O‘zbekiston fuqarolari uchun qiziqarli sayyohlik yonalishi ekanligini ta'kidladi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazi Kutubxona-axborot markazi rahbari Kifoyat Pirmamedova "Ozarbayjon-Olovlar o‘lkasi" mavzusida taqdimot o‘tkazib, mamlakatning betakror tabiati, madaniyati, oshxonasi va boy sayyohlik imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Ozarbayjonning sayyohlik imkoniyatlari haqida video taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, ma'ruzachilar, O‘zbekistondagi "Prestige Travel" kompaniyasi bolim rahbari Sayora Inamova, "Flykhiva" tijorat direktori Aziz Xodjayevlar ham Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, Ozarbayjon iqlimi, tabiati, yodgorliklari va mamlakatimizda sayohat qilishning afzalliklari haqida gapirdi.
Tadbirning badiiy qismida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining "Ozarbayjonda xizmat korsatgan artist Kaykeb Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli ishtirokchilari Ozarbayjon milliy raqslarini ijro etishdi.