Shoir bilan uchrashuv
Umumiy o‘rta ta’lim
3 / 11 / 2022
Shoir bilan uchrashuv
Bo‘stonliq tumanidagi 20-maktabda fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarning adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishini rivojlantirishga qaratildi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shoista Bobojonova "She'riyatga oshno dillar" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Unda shoir Bekzod Fazliddindan yangi ijod namunalari havola etildi. Qolaversa, o‘quvchilar shoir she'rlaridan parchalar yod olishdi. Uning "Muqaddas zamin", "Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim", "Sen qachon gullaysan" kabi nashr etilgan kitoblari bilan tanishdilar.