Shoiraning o‘chmas siymosi
Shoiraning o‘chmas siymosi
Sadoqat va vafo kuychisi bo‘lmish shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan Uchtepa tumanidagi 296-maktabda “Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Tohir Ochil va mahalla fuqorolar yig‘ini faollari ishtirok etdi..
Shoira she’rlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. Zulfiyaxonimning oliyjanoblik, jasorat, xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ulari va hurmati, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan boyitilgan lirikasi kitobxon qalbini larzaga keltiradi. I nsoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Tadbirda shoira she’rlaridan kuy va qo‘shiqlar kuylandi. Uning hayot yo‘llari sahna ko‘rinishlari asosida o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Buyuk shoiramiz ijodi asrlar osha yosh avlodga yetkazilib, o‘chmas siymosi ular ko‘z o‘ngida gavdalanib boraveradi.
Muborak OMONLIQOVA,
Uchtepa tumanidagi 296-maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi