So‘lim tog‘lar bag‘ridagi maktab

So‘lim tog‘lar bag‘ridagi maktab
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 45-maktabi viloyat markazidan 180, tuman markazidan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uzoq tog‘ qishlog‘ida joylashgan mazkur maktabda ayni kezda 130 nafar o‘g‘il-qizlar tahsil olishadi.
Maktabimizda 18 turdagi to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, barcha o‘quvchilarni qiziqishiga qarab qamrab olingan. Bu esa Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha o‘qituvchilar faoliyatni yanada rivojlantirishda qo‘l kelmoqda.
Maktabimiz uzoq tog‘ qishlog‘i bo‘lishiga qaramay o‘quvchilarimizning intiluvchanligini qo‘yidagi misollarodan ham bilib olishingiz mumkin. Tuman markazida o‘tkazilgan sport musobaqasida 11-sinf o‘quvchimiz Aziz Gavharov yengil atletika bo‘yicha yuqori o‘rinni, shaxmat bo‘yicha 7-sinf o‘quvchimiz Mohir Risqaliyev, Sarboz Toliboyev, va 8-sinf o‘quvchimiz Qudratullayev Firdavslar munosib o‘rinlarni egalladi.
Joriy yilda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qishlog‘imizga tashrif buyurib, bu yerdagi yagona ilm maskani, maktabimizning, sharoitini to‘liq o‘rgandi. Barcha jabhalarda yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan maktabimiz o‘qituvchilariga va ulardan saboq olib barcha darslari a’lo darajada o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Maktabimiz yoshlari uchun yangi kutubxona ochilishida yordam berib, unga 750 dan ortiq badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.
Yahyobek MAVLEDINOV,
Bustonliq tumanidagi 45-maktabning direktor o‘rinbosari