Sog‘lom tanda – sog‘ aql
Sog‘lom tanda – sog‘ aql
“Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini hayotga tatbiq etish maqsadida Nurota tuman Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nurota tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan “8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan tumandagi 2-va 42-umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan sport musoboqalarida keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda umumta’lim maktablarining sportchi o‘qituvchi va murabbiylari ishtirok etishdi. Tadbirda sportning voleybol, stol tenissi va shaxmat turlari bo‘yicha sport musoboqalari o‘tkazildi. Musoboqalarda voleybol sport musoboqasida faxrli birinchi o‘rinni
1-umumta ’ lim maktabi jamoasi, ikkinchi o‘rinni 2-umumta ’ lim maktabi, 3-o‘rinni
27-umumta ’ lim maktablari egallashdi. Shuningdek, sportning stol tennisi turida
1-umumta’lim maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kirtdi. Ikkinchsi o‘rinni 18-umumta ’ lim maktabi va uchunchi o‘rin 36-umumta ’ lim maktablarining jamoalariga nasib etdi. Sportning s haxma t turi bo‘yicha musoboqalarda keskin o‘yinlar davomida g‘oliblik
12-umumta ’ lim maktabi jamoasiga, 50-umuta'lim maktabi jamoasi 2 - o‘ringa, 3-o‘rin esa 3 - umumta ’ lim maktablari jamoalariga nasib etdi. Musoboqalar jarayonida ishtirokchi sportchilar bilan birga sport musoboqalarini kuzatib borgan keng jamoatchilik vakillarining keksa avlod davomchilari faxriy ustoz-muallimlarga hamda g‘olib va ishtirokchi jamoalarga tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nurota tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Obida Saidqulova