TADBIRLAR YOSHLARGA TAYANCH
Toshkent viloyati Nurafshon shahar XTB tasarrufidagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida tahsil olayotgan oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, zamonaviy kasblar toʻg'risida maʻlumotlar berish maqsadida “ KASBLAR HAFTALIGI ” doirasida oʻquvchilarning ota-onalari bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda ota-onalar farzandini qaysi kasbga qiziqishi hamda istak orzulari toʻgʻrisida suhbatlashildi. Yigʻilish davomida ota-onalar farzandini kelajagiga befarq boʻlmasligi hamda farzandlarini tanlagan kasblarini qoʻllab quvvatlashligini aytib oʻtishdi. Bu borada maktab psixologi D. Batirbekova tomonidan maktabda “KASB TURLARI BO'YICHA” devoriy gazetasi tashkil etilganligini koʻrib, ota-onalar kasb turlari bilan tanishdi.
Ota-onalardan yig ʻ ilish davomida test so ʻ rovnomalari olindi .
Faxriddin RAHIMOV