“TARBIYA KITOBIDA DINIY TALIM BORMI?
“TARBIYA KITOBIDA DINIY TALIM BORMI?
Taniqli marifatparvar Abdulla Avloniyning Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir degan chuqur manoli sozlari naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Tarbiya masalasiga etiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan kongilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizga ayon.
Malumki, 2020-2021-oquv yilidan barcha maktablarda boshlangich sinflardagi Odobnoma, 5-6 sinfdagi Vatan tuygusi, 7–11 sinflardagi Milliy istiqlol goyasi fanlari orniga bitta yaxlit shaklda 1- sinfdan 11-sinfgacha Tarbiya fani oqitila boshlandi.
Fan nomi togri tanlanganmi, yangi nashr etilgan darslik talabga javob beradimi, maktablarga barcha sinflar uchun darslik toliq yetib bordimi? Bu kabi savollarga javobni keyinga qoldiramiz. Bugun 1-sinfdanoq otila boshlangan Tarbiya fanida diniy bilimlar qanchalik ochib berilganligiga etibor qaratmoqchimiz.
Uchkoprik tumanidagi 29-maktabning Tarbiya fani oqituvchisi Sanobar Komilovaning amaliyotchi sifatidagi fikrlari quyidagicha:
Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga etiqod qilish yoki hech qaysi dinga etiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yol qoyilmaydi, deyilgan.
Shuning uchun aynan bir dinni dars sifatida otish yani diniy saboq berish mumkin emas. 2020-2021-oquv yilida talim tizimiga kiritilgan Tarbiya fanida bir dinga urgu berilmaydi. Unda har qanday din barchani tinchlik va insonparvarlikka chaqiradi. Hech qaysi din nohaq qon tokish, urush olovini alanga oldirish va buzgunchilikni targib qilmaydi, degan fikr umumlashtirilgan. Jumladan, buddaviylik dini qadimiy jahon dinlaridan sanaladi. Bu din qotillik, ogirlik, yolgon soz, mast qiluvchi narsalardan saqlanishni targib qiladi. Haqiqiy budda hayoti davomida amal qilishi lozim bolgan beshta shartning birinchisi hech bir tirik jonga zarar yetkazmaslik. Shu bois buddaviylar ozlarini dunyodagi eng insonparvar din vakillari deb ataydilar. Xristianlik dinida ham hech kimga yomonlik qilmaslik haqida talim beriladi. Bu din ham insonlarni tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va ezgulikka chaqiradi. Islom dini talimotiga kora hayot nemati insonga Olloh tomonidan beriladi. Bu nematning qadriga yetish, har soat, har daqiqada xayrli va savobli ishlarni qilish talab etiladi. 9-sinf Tarbiya darsligida Shayx Muhammadd Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari haqida ham malumotlar berilgan. Olim islom dini asoslari, tafsir, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf va qator ilmlarga oid koplab asarlar yozgan. Uning ilmiy merosida olti jildlik Tafsiri Hilol asari alohida orin egallaydi. Kitobda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning quyidagi fikrlari keltirilgan: Tarbiyali va odobli inson har qanday holatda ham gunoh va beodoblikni oziga ep kormaydi. Iymon va axloqi qayerda qachon va qanday holatda bolsa ham uni yaxshilikka chorlaydi.
Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Muqaddas Quroni karimda musulmonlarga qarata firqalarga bolinmang, degan mazmunda korsatmalar bor. Bu turli oqimlarga odamlarni togri yoldan adashtirishga dinimiz mutlaqo qarshi ekaniga yaqqol dalil emasmi?
Xulosa qilib aytganda, Tarbiya darsligida odob-axloq, Vatanga bolgan muhabbat va sodiqlik, yaxshilik va yomonlik ortasidagi chegaralar har bir oquvchining yoshidan kelib chiqib bayon qilingan. Qaysidir din biridan ustun qoyilmagan. Oquvchilarga bagrikenglik, etiqod erkinligi, millatlararo dostlik va totuvlik, yaqin qoshnichilik munosabatlari chiroyli tarzda, hayotiy misollar bilan tushuntirilgan.
“Mening sinfimdagi 34 nafar oquvchining barchasi islom diniga etiqod qiluvchi oilalarning farzandlari hisoblanadi, deydi Uchkoprik tumanidagi 56-maktabning boshlangich sinf oqituvchisi Nargiza Ahmedova. 3-sinf darsligining 21-sahifasida rivoyat keltirilgan. U quyidagicha: “Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Muhammad(S.A.V) Hiro gorida otirganlarida Jabroil farishta kelib: Oqing!- dedi. U kishi: Men oqishni bilmayman, dedilar. U yana bir bor : Oqing! dedi. Men oqishni bilmayman, deb uchinchi marotaba javob qaytardilar. Jabroil farishta Oqing, Rabbingiz ismi bilan! Oqing- dedi qatiylik bilan.
Shugina matnda oquvchiga Muhammad (S.A.V) kimligini tushuntirish, Jabroil farishta haqida malumot berish, Hiro gori togrisida sozlab berish lozim. Bu rivoyat oqishga, organishga targib qiladi. Shu bilan birga oquvchiga paygambarimiz Muhammad (S.A.V)ning tanishtirishga ham yordam beradi. Shu rivoyat orqali oquvchiga yoshiga mos tarzda islom dini togrisida tushuncha berish mumkin.
Tarbiya kitobini qizim uy vazifalarini bajarayotganda birga oqib turaman, deydi biz bilan suhbatda Buvayda tumanidagi tumanidagi 2-IDUMining 3-sinf oquvchisi Muslima Saminjonovaning onasi Shoiraxon Rahmonova. Biz islom diniga etiqod qilganimiz bois kitobda ham diniy bilimlar dars soatlariga kiritilganmi deb qiziqqanman. Hech qanday diniy davat yoki islom dini uluglangan matn yoki sher yoq. Ammo darslikning muvaffaqiyati shundaki, qaysidir din uluglanmasdan ham oquvchi qalbiga odobli, tarbiyali, togrisoz, mehnatsevar, halol bolish singdirilgan. Masalan, darslikning 19-sahifasidan 2-bob boshlanadi. Ikkinchi bobning katta sarlavhasi Bilim va odob inson ziynati deb nomlangan. 5-mavzu Eng buyuk sharaf.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar berilgan. Hamda Ey farzand, ilm mol (davlat)dan yaxshidur, ilm seni qoriqlaydi, sen esa molni qoriqlaysan. Molni sarflash bilan kamayadi, ilmni sarflash bilan ziyoda bolaveradi;, degan hikmat keltirilgan. Bu hikmat ham aslida hadislardan kelib chiqqan. Yani Muhammad (S.A.V)ning hadislaridan biri Ilmni Chindan borib bolsa ham organinglardir.
Bir ona sifatida Tarbiya darsligi bolaga chin inson bolishni orgatadigan kitob. Bolaning etiqodini shakllantirishga yordam beradi, deb ayta olaman,deya fikrlarini bayon qildi suhbatdoshimiz.
Eslatib otamiz, Tarbiya fani maktablarda haftada bir marta, bir soatdan otiladi.
Sharifa MADRAHIMOVA,
jurnalist