“Ta’lim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi"
“Ta’lim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi"
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi «2022-2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-34-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ta’lim-tarbiya tizimi: taraqqiyotning yangi bosqichi" mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Shayxontohur tumanidagi maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari salohiyatini oshirishga, maktablardagi ta’lim sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga hamda kelgusida dolzarb vazifalarni belgilash maqsadida o‘tkazildi.
Shuningdek seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan ta’lim sifatini oshirishdagi dolzarb masalalar va vazifalar mavzularida o‘quv ma’ruzalari va treninglari bilan ishtirok etishdi.
Shayxontohur tumanida jami 37 ta xalq ta’limi muassasalari faoliyat yuritib, shundan 35 ta umumta’lim maktabi, 1 ta yordamchi maktab, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi bor.
Bugungi kunda 35 ta maktabning 22 ta maktabida (62,8%) o‘qish jarayoni 2 navbatda tashkil etilgan. Shuningdek, 13 tasi (37,1 %) 1 navbatlikda tashkil etilgan. Ta’lim 2 tilda o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. 2022-2023-o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 43066 nafarni tashkil etib 20572 nafarini (47%) qizlar tashkil etadi.
Pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik: 2022-2023 o‘quv yilida jami pedagoglar 2333 nafar (shundan ayollar 1906 nafar – 85%).
Pedagoglar sifat tarkibi bo‘yicha tahlil etganda:
Oliy ma’lumotli 2206 nafar
O‘rta maxsus ma’lumotli 27 nafar
Tugallanmagan oliy 100 nafar
Oliy toifali 130 nafar (5%),
I toifali 336 nafar (15%),
II toifali 627 nafar (27%),
mutaxassis 1053 nafar (45%)
2021 yil natijalariga ko‘ra Milliy reytingda Toshkent shahri tumanlari orasida 11-o‘rinni egalladi.