Tabiatni sevish eksologik tarbiyadan boshlanadi
Tabiatni sevish eksologik tarbiyadan boshlanadi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish jarayonida atrof-muhit bilan tanishtirish alohida o‘rin tutadi. Shubhasiz, bolalarning hayvonot olamiga, o‘simlik dunyosiga qiziqishi juda katta bo‘ladi. Bu orqali ularning tafakkurini kengaytirish va idrokini chuqurlashtirish mumkin.
Biz ko‘pincha bolajonlarga Ona tabiatni sevish kerakligi haqida bot-bot gapiramiz-u uning amaliy ifodasi sifatida faqatgina daraxat ekish, ularni oqlash, ko‘chaga axlat tashlamaslik, suvni isrof qilmaslik, tabiat manzarasi aks etgan rasmlar chizish kabi eng oddiy misollar bilan cheklanamiz.
Vaxolanki, tabiatni sevishni amalda ko‘rsatish uchun hayotiy, juda jo‘n va eng muhimi kreativ misollar talaygina. Ayni shu misollarni qo‘llab orqali bolalarga maktabga ta’lim muasasasidayoq ekologik tarbiyani shakllantirish mumkin.
Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 544-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan Kuz ne’matlari» mavzusidagi ko‘rgazma bolalarda tabiatga muxabbat uyg‘otishda kutilmagan yechimlarni taqdim etdi.
Ko‘rgazmaning asosiy xususiyati shundaki, unda namoyish qilingan barcha eksponat va vositalar asosan biz ko‘pincha ko‘cha-ko‘yda ahamiyat bermaydigan oddiy barg xazonlari, qarag‘ay mevasi, xas-xashaklardan va kuzgi ne’matlar – sabzavotlardan tayyorlangan.
Birinchidan ko‘rgazma tashlandiq mahsulotlardan ham o‘z o‘rnida foydalanish mumkinligini bolajonlarga uqtirsa, ikkinchidan oddiy sabzavotlardan fantaziyani ishga solib, turli o‘yinchoqlar yasash qobiliyatini kuchaytiradi.
Qolavesa, ko‘rgazmada namoyishga qo‘yilgan ijodiy ishlarni bolalar ota-onalari bilan birgalikda tayyorlashgani farzand va ota-ona o‘rtasidagi jonli muloqotni ijodiy jarayonga ko‘chiradi.
Eng muhimi shu usul orqali bolajonlarda Ona tabiat saxovati haqida tafakkur kengayadi.
Ko‘rik- tanlov shaklida o‘tkazilgan ko‘rgazma yakunida bolajonlar turli nominasiyalar bo‘yicha faxriy yorliklar bilan taqdirlanishdi.
Charos Ismoilova
544-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Til o‘qituvchisi