Tarixiy qomusim — yurtim qalqoni!
Tarixiy qomusim -yurtim qalqoni!
Yangihayot tumanidagi 332-maktabda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda Yangihayot tuman xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuninining 30-yilligi munosabati bilan “Tarixiy qomusim -yurtim qalqoni!” shiori ostida “Ijtimoiy fanlar: Tarix, huquq va tarbiya” fanlar oyligi festivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Respublika Ta’lim Markazi ijtimoiy fanlar metodistlari: Huquq fani metodisti O.D. Shernaev, tarix fani metodisti N.Xakimov, tarbiya fani metodisti F.F.Rasulova taklif qilindi. Tadbirda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodik markazi bo‘lim boshlig‘I Qurbonov O‘tkir Ibragimovich va ijtimoiy fanlar metodisti Yaxshimurodova Elmira Rashidovna shu bilan bir qatorda 12 tuman ijtimoiy fan metodistlari va o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodik markazi bo‘lim boshlig‘I Qurbonov O‘tkir Ibragimovich va Yangihayot tumani XTB mudiri Sh.I. Tadjiev so‘zga chiqib jonajon O‘zbekistonimizning dunyo tamaddumidagi mavqei, salohiyati va obro‘-e’tiborining me’zoni hech mubolag‘asiz uning Konstitutsiyasi ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbir davomida tumanning eng salohiyatli ustozlari tomonidan mahorat darslari tashkil qilindi.
Yangihayot tumani 303-IDUM huquq va tarbiya fani o‘qituvchisi Axmedova Muhayyo va 8-maktabning tarbiya fani o‘qituvchisi Ergasheva Dilafruz tomonidan tashkil qilingan mahorat darslari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda 8-maktabning “Laparlar guldastasi” jamoasi, 284-maktabning “Vatan posbonlari” jamoasi, 285-maktabning “Raqs guldastasi” , 331-maktabning “Badiiy chiqish”I mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi
Bayram tadbiri nihoyasida tashrif buyurgan mehmonlarga Yangihayot tumani ijtimoiy fanlar metodisti Oynazarova Lola Ermatovna so‘zga chiqib fan oyligini talablar asosida tashkil etish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli o‘quvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish haqida so‘z yuritdi va tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.