“Tong yulduzi”ga oshno boʻldik
“Tong yulduzi”ga oshno boʻldik
“Sir emas, biz bu gazetani eshitgan boʻlsak-da tanimasdik. Bizning dunyoqarashimizga mos jurnal yoki oʻqishli nashr bilan oshno tutinishni istardim. Ayni mana shunday doʻst kashf qilganimdan va oʻzgacha ziyo qalbimga kirib kelganidan xursandman”.
Ushbu soʻzlarni 6-sinf oʻquvchisining ijod sari tashlayotgan yangi qadamini, uning yangi orzularini anglatgandek boʻldi. Poytaxtimizdagi 339-maktabning “Isteʼdod” ijodiy-toʻgaragi aʼzolari ishtirokida “Tong yulduzi” gezetasi tahririyatiga sayohat darsi uyushtirilgani shunday maroqli oʻtdi. Tahririyatga kirishimiz bilan fayzli muhit va Bosh muharrir Feruza Adilova bizni qarshi olishdi. 92 yillik gazetaning qisqa tarixi va buguni, unda chop etilayotgan hikoyalar, sheʼrlar asosidagi tanlovlar haqidagi qizgʻin suhbat oʻquvchilar eʼtiborini jalb etdi. Jumladan, “Bir kuni darsda...”, “Ertak”, “Taʼilda tanaffus yoʻq”, “Hikoya” singari ruknlarda ijod qilish zavqi endigina qalam ushlayotgan kichik ijodkorlar qalbiga katta ilhom ulashdi. Oʻquvchilar sahifalash xonasidagi ish jarayoni, rangli bezaklar bilan ishlovchi dizayner, rassom, fotomuxbir va musahhihlar, muxbirlar vazifalari bilan tanishishdi.